14:06 / 29.04.2018
3776

Tayvanda yong‘in, yetti kishi halok bo‘ldi

Foto: TASS /Artem Korotayev

Tayvanning Taoyuan shahridagi mikrosxemalar ishlab chiqarish bo‘yicha korxonada yuz bergan yong‘in oqibatida besh nafar o‘t o‘chiruvchi va ikki ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda Focus Taiwan telekanali tezkor xizmatlarga asosan xabar qilmoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, olovni o‘chirish vaqtida yetti kishidan iborat o‘t o‘chiruvchilar guruhi asosiy jamoa bilan aloqani yo‘qotib qo‘ydi – ular bino konstruksiyalari qulagani tufayli to‘silib qolgan. Keyinchalik ulardan besh nafari o‘lik holda topildi, yana ikki kishi shifoxonaga og‘ir ahvolda olib ketildi.

Shuningdek xabar berilishicha, yong‘inda Tailanddan bo‘lgan ikki ishchi ham halok bo‘lgan. Ayni damda ularning shaxsi aniqlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoydagi karaoke-klubda yong‘in yuz bergani, 18 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

 

Mavzuga oid
Top