3 aprel kuni Tayvanda 25 yil içidagi eng kuçli zilzila röy berib, minglab kişilar jarohat oldi. Zilzila kuçi 7,4 magnitudaga teng bölgan va 770 ta bino zarar körgan. Biroq şu binolar içida dunyoda balandligi böyiça 11-örinda turadigan Taipei 101 eng kam zarar körgan inşootlardan biri böldi. Qanday qilib 508 metrli binoga deyarli zarar yetmadi?

Hammasiga Taipei 101da örnatilgan mayatnik yordamlaşgan. U tilla rangida bölgan 660 tonna keladigan pölat şar bölib, yerdan 305 metr balandlikda bino markazida 87- va 92- qavatlar orasida örnatilgan.

Bu mayatnik zilzila yoki kuçli şamol paytida binoning harakatiga qarşi turiş uçun tebranadi va şu bilan binoning tebranişini 40 foizgaça kamaytiradi. Olimlarning aytişiça, mayatnik binoning tebranişlarini muvozanatlaştirib, zilzila paytida yerdan keladigan tölqin bilan garmoniya hosil qila oladi. Natijada osmonöpar binoning qulaşiga yöl qöyilmaydi.

Ma’lumotlarga köra, mayatnik 41 ta qatlamdan iborat bölib, ularning har biri qalinligi deyarli 13 santimetrdan, diametri taxminan 549 santimetrni taşkil qiladi. Qurilmani osib qöyiş uçun har birining kengligi 9 santimetr va uzunligi 4 metr bölgan töqson ikkita pölat kabel işlatilgan. “Tuned Mass Damper” deb ataladigan bu mayatnik dunyoda eng kattasi hisoblanadi. 

Taipei 101 osmonöpar binosi 2004 yilda qurilgan bölib, Jahon moliya markazi sifatida maşhur bölgan. Bino 101 qavatdan iborat va qurilgan vaqtida dunyoning eng baland binosi deb e’tirof etilgan. 2010 yilda Burj Halifaning qurilişi Taipei 101 dan eng baland bino statusini olib qöydi.