8624.51 USD +40.01

9676.7 EUR +2.83

136.92 RUB +0.58

10780.6 GBP -12.65

23:00 / 14.05.2018 25792

Samarqandda yangi tashkil etilgan institutga rektor tayinlandi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga Xudaynazar Beknazarovich Yunusov yangi rektor etib tayinlandi. Uni institutning rektori etib tayinlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan imzolangan.

Xudaynazar Yunusov 1958 yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, shu paytgacha Rossiyadagi Moskva viloyati davlat universiteti ximiya-biologiya fakulteti dekani vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Xudoynazar Yunusov biologiya fanlari doktori, professor hisoblanadi. 

Biroz avvalroq prezident qarori bilan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilgandi.

Institutda veterinariya va chorvachilik sohasi uchun yangi zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

2018/2019 o‘quv yilida institut magistratura bosqichiga (50 kishi) O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Institutning bakalavriat bosqichiga qabul kvotasi 800 kishi, shu jumladan, to‘lov-kontrakt asosida 525 kishi, davlat granti asosida 275 kishi etib belgilandi.

Top