21:33 / 17.05.2018
14089

Havayida vulqon otilishi vaqtidagi golf o‘yini suratlari internet ahlini lol qoldirdi

Butun dunyo Havayidagi Kilauea vulqoni otilishini xavotir bilan kuzatayotgan bir paytda, golfchilar oroldagi maydonlarda hech narsa bo‘lmagandek golf o‘ynamoqdalar. Sportchilar ortlarida tabiiy ofat avjiga chiqqaniga qaramay bir chuqurchadan ikkinchisiga shoshmagancha harakat qilayotlarini ko‘rish mumkin.

Foto: AFP

Xuddi shunga o‘xshash vaziyatni 2017 yilda AQShdagi o‘rmon yong‘inlari vaqtida kuzatish mumkin bo‘lgandi. O‘shanda ham golfchilar ortlarida yong‘in “quturayotganiga” qaramay, bamaylixotir golf o‘ynab yurishgan. Biroq u holda yong‘in suratdagidan ko‘ra uzoqroq bo‘lgan va odamlarni undan daryo ajratib turgan.

Foto: twitter.com/Seref Sezgin

Geologlarning ta'kidlashicha, Havayidagi vulqon istalgan vaqtda yanada kuchayishi mumkin. Vulqon otilishi jinslar otilishi va krater yaqinida portlash bilan kechishi mumkin.

Kilauea 3-4 may kunlari otila boshlagan. U 5-6,9 magnitudali zilzilalar bilan kechgan.

Foto: AFP
Foto: AFP
Foto: AFP

 

Foto: AFP

 

Mavzuga oid
Top