Evakuatsiya qilişi söralganlar orasida Grindavik şaharçasi aholisi ham bor, bu şahar avvalroq seysmik faollik tufayli jiddiy şikastlangandi.
Islandiyadagi diqqatga sazovor maskanlardan biri sanalgan Havorang laguna (dengizning marjon orollari bilan öralgan qismi) atrofidagi odamlar ham xavfsiz joyga köçirilmoqda. Vulqon uyğongan vaqtda bu hududda 500-600 kişi bölgan.
Erigan lavadan quyuq tutun kötarilayotganiga qaramay, mamlakat havo kengliklari oçiqligiça qolmoqda.
Mamlakat fuqarolik mudofaasi xizmati ma’lumotiga köra, vulqon şanba kuni keçqurun Grindavikdan şimolda joylaşgan Hagafell va Stora-Skogfell toğlari oraliğida uyğona boşlagan.

Avvalgi vulqon otilişlaridan biri aynan şu hududda 8 fevral kuni boşlangandi.
Voqea joyida olingan kadrlarda yer yuzasiga oqib çiqayotgan lava va tutun ustunlari aks etgan.
Jabrlangan hududlar ustidan vertolyotda uçib ötgan guruh vakillari orasida bölgan geofizik Magnus Tumi Gudmundsson mahalliy naşrlar bilan suhbatda şanba kungi otilişni ayni vaqtdagi eng kuçlisi deb ataş mumkinligini aytgan.
Lavaning ikki tili ğarb va janub tomon harakatlangan va Grindavik atrofidagi himoya tösiqlariga yetib kelgan. Şaharning taxminan tört ming kişilik aholisiga bir neça hafta oldin uyga qaytişga ruxsat berilgandi, ular yanvar oyida şaharga lava oqib kelişi oqibatida uç uy vayron bölganidan keyin xavfsiz joyga köçirilgandi.
Ularning aksar qismi qaytmaslikni afzal körgan.
Gudmundsson agar vulqon faolligi zaiflaşmasa, lava dengizga tuşişi mumkinligidan ogohlantirgan. Agar lava dengiz suvi bilan uçraşsa, bu xavfli gazlar ajralişiga hamda kiçik portlaşga olib kelişi mumkin.
Ğarb tomon harakatlangan lava Havorang laguna hamda Reykyanes yarimorolining katta qismini issiq suv bilan ta’minlovçi Svarsengi geotermal elektr stansiyasiga olib boruvçi yölga yetib kelgan. Havorang laguna qöşimça xabar berilguniga qadar mijozlar taşrifi uçun yopilgan.














