Islandiyaning Grindavik şahri şimolida vulqon otişni boşladi, deb xabar berdi IMO milliy meteorologiya xizmati 14 yanvar, yakşanba kuni ertalab. Keçasi hududda silkinişlar kuçaygan va mahalliy vaqt bilan soat 3:00 ga kelib hukumat aholining evakuatsiya qilinişini bildirgan.
Grindavik şimolida qurila boşlagan himoya töğonlarining ikki tomonida yoriqlar paydo böldi, deb xabar bermoqda IMO. Kuzatuv kameralari tungi vaqtda lava otilişini qayd etgan.
Bu oxirgi ikki yil içida Islandiyada beşinçi vulqon otilişidir. Grindavik mamlakatning janubi-ğarbiy qismidagi Reykyanes yarimorolida joylaşgan. Aholisi 4000 kişi bölib, asosan baliqçilik bilan şuğullanadi. Aynan Grindavik hududida oxirgi qayd etilgan vulqon otilişi sodir bölgan - 2023 yil 18 dekabrda. Undan oldin bir neça hafta davom etgan qator zilzilalar sodir bölgan.
Öşanda Grindavik aholisi otilişdan bir neça hafta oldin evakuatsiya qilindi. Vaziyat barqarorlaşganda, ularga vaqti-vaqti bilan qisqa muddatga uyiga qaytişga ruxsat berildi.
Islandiya orol davlati Şimoliy Atlantikada Yevrosiyo va Şimoliy Amerika tektonik plitalarini ajratib turadigan Örta Atlantika tizmasi deb ataladigan joyda joylaşgan. Bu mamlakatda 30 dan ortiq faol vulqonlar mavjud, bu - Yevropaning boşqa joylaridan köra köproq.












