01:24 / 03.06.2018
67837

Alisher Usmonovning rafiqasi Irina Viner-Usmonova ustiga dekoratsiyalar tushib ketdi (video)

Badiiy gimnastika bo‘yicha Yevropa chempionatida rossiyalik gimnastikachi Anastasiya Sergeyevaning chiqishi vaqtida devordagi dekoratsiyalarning bir qismi qulab tushdi. Dekoratsiyaning 3 metrga 6 metrlik qismi polga tushgan. Gimnastikachiga hech narsa qilmagan, chunki u devordan 30 metr narida ishtirok etayotgan bo‘lgan. Biroq dekoratsiya rossiyalik gimnastikachilar murabbiyi Irina Viner-Usmonova ustiga tushgan. Dekoratsiyaning tushib ketayotganini ko‘rgan xodimlaridan biri Viner-Usmonovani chetga olib qochmoqchi bo‘lgan.

Musobaqa 5 daqiqacha to‘xtab qolgan. Viner-Usmonova voqea oqibatida biror jarohat olgan-olmagani noma'lum, biroq u keyinroq sportchilarni gilamga olib chiqqan va taqdirlash marosimida ishtirok etgan.

 

Top