Asosiy jihatlar:

  • «Barselona», «Siti», «Tottenhem», «Real» va «Yuventus»ning asosiy yulduzlari ketişi mumkin. Ularning aksari şunçaki yetakçilar emas, balki öz jamoalarining 21 asrdagi ramzlaridir;
  • Yangi tölqinning asosiy qahramonlari — Erling Holand va Kilian Mbappe — ösişni va öz faoliyatlarida çöqqiga çiqişni istaşmoqda. Bu kategoriyaga Sanço, Donnarumma va Kamavingani ham qöşiş mumkin;
  • Katta klublar faollik bilan murabbiylarni özgartirmoqda: «PSJ», «Inter», «Real», «Çelsi», «Bavariya», «Leypsig», «Borussiya» D, «Borussiya» M, «Bayyer», «Roma», «Napoli», «Lill», «Lion», «Tottenhem» va «Yuventus» klublari yangi murabbiylar bilan ilk transferlar oynasini ötkazadi. Bu röyxatga «Barselona» ham qöşilişi mumkin;
  • Yozda Yevropa çempionati bölib ötadi va bu hamişa qöşimça transferlarga sabab böladi;
  • Yozgi transferlar qizğin ötişiga qarşi bölişi mumkin bölgan yagona omil — iqtisodiy inqiroz. Futbolçilarni avvalgi kabi yuqori narxlarda sotişga urinadigan sotuvçilar va xaridorlar örtasida jiddiy qarama-qarşilik yuzaga kelişi tayin. Bu omil savdolarni töxtata olmaydi, lekin transferlar murakkablaşib, uzoq vaqt davom etadi.

1. Leo Messi va uning kelajagi.

Foto: David Ramos

Şartnoma muddati tugamoqda, rasmiy qaror esa hali ma'lum emas. Xabarlar turliça: «Barsa» hozirgi miqdordagi maoşni taklif eta olmaydi, kök-anorranglilar qayta quriş davrida va keyingi mavsumda YeÇL ğolibligi uçun da'vogarlik qilişi juda qiyin. Bu vaqtda esa «PSJ» tomonidan jiddiy qiziqiş bor, parijliklar katta maoş tölaşga tayyor, Neymar ham klubda qoldi, qöşimçasiga argentinalik taniş murabbiy Poçettino va kuçayiş böyiça rejalar. Boşqa tomondan, Leo bir yildan buyon klub tomon qadam taşlamayapti. Sönggi xabarlarga köra, kataloniyaliklar unga 10 yillik şartnoma (2 yil klubda öynaş, 3 yil klub elçisi sifatida MLSga boriş va keyin qaytib klubda işlaş böyiça 5 yillik şartnomaga ega böliş). U yana öylab körib, baribir klubda qolişga qaror qilişi mumkin.

2. «Barselona»da ulkan özgarişlar amalga oşirilişi kutilmoqda.

Foto: NurPhoto

Leoning qarori qanday bölişidan qat'i nazar, klubning yangi prezidenti özgarişlarni anons qilgan. Lekin aynan qanday özgarişlar bölişi hozirça noma'lum, OAVda Kuman, Pike, Buskets, yana 10ga yaqin futbolçi ketişi haqida yozilgan. Prezident Messi bilan yangi şartnoma böyiça işlar davom etayotganini ma'lum qilgan.

Joan Laporta: «Biz Çempionlar ligasini erta tark etdik, La Ligadagi mağlubiyatga izoh yöq. Köpdan köp qarorlar qabul qilinadi. Biz «Barsa» milliy turnirlarda ham, Çempionlar ligasida ham raqobatbardoş jamoaga aylanişi uçun qattiq işlaşimiz kerak. Bu bir siklning yakuni böladi».

Bu juda jiddiy gaplar, agar çempionat boy berilganidan keyin muxlislarga taskin beriş uçun aytilgan navbatçi gaplar bölmasa. Kuzatamiz.

3. Aguero «Siti»ni tark etadi, Veynaldum — «Liverpul»dan, Depay «Lion»dan ketadi.

 Foto: Matt McNulty

Serxio 10 yildan ortiq vaqt davomida yangi «Siti»ning yuzi, boylik va muvaffaqiyatli davr ramzi böldi. Yoşi ötgaç esa Kun Mançesterda juda kam öynay boşladi, ammo u hali katta futbolda yana ikki-uç yil töp surişda davom etişi mumkin. Xuddi Veynaldum kabi.

Depay esa yoş va «MYu»dagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin ikkinçi bor top-klubda özini körsatişga urinib körişi mumkin.

Ularning barçasi «Barsa»ga keladimi? Bu kataloniyaliklar uçun sifat tomondan kuçayiş bölardi, ammo bunday transferlar haqida hozirça faqat insayderlar yozişmoqda. Aguero va Veynaldum masalasi hal qilib bölingani aytilayotgan bölsa, Depay böyiça köp narsa mavhum. Aftidan, bu moliyaviy masalaga taqaladi.

4. Mbappe «PSJ»dan ketadimi?

Foto: John Berry

Şartnoma 2022 yil yozigaça tuzilgan. «PSJ» Neymar, Di Mariya, Navas va Draksler bilan şartnomalarni yangiladi, ammo «Parij»ning asosiy aktivi hamon intrigani saqlab turibdi. Aftidan, Kilian «Real»ga ötişni istamoqda, «Real»dagilar ham uni juda köp vaqtdan buyon uni tarkibda körişni istaşadi, ammo «Madrid» bu transferni qanday hal qilişi savol ostida.

Vaziyatni «PSJ» xöjayinlarining pozitsiyasi murakkablaştirmoqda, ular Mbappeni saqlab qoliş uçun bor imkoniyatlarni işga solişmoqçi. Ular bunga qodirliklarini Neymar bilan boğliq vaziyatda ham körsatişgan, «Barsa»ga qaytişi deyarli hal bölgan futbolçi yangi şartnoma tuzişga köndirilgandi.

Avvalroq «PSJ» hujumçiga 2025 yilga qadar amal qiluvçi şartnoma taklif qilgan, futbolçi esa Yevropa çempionati yakunini kutmoqçiligini ma'lum qilgandi.

Sönggi xabarlarga köra, Zidan Mbappening qaroriga ta'sir körsatişi mumkin. Jurnalist Nikolo Şiraning yozişiça, şu kunlarda «Real»ni tark etgan Zinedin Zidan parijliklar boşqaruviga kelişi kutilmoqda. Qayl etilişiça, Zidanning kelişi Kilian Mbappe klub bilan yangi şartnoma imzolaşini ta'minlaydi.

OAVning yozişiça, «PSJ»ni şu yil qişda qabul qilib olgan boş murabbiy Maurisio Poçettino «Tottenhem»ga qaytadi, u şuningdek, Antonio Konte va Raul bilan birga «Real» şort-listida turibdi.

5. Serxio Ramos «Real» bilan xayrlaşadimi?

Foto: REUTERS

Futbolçi jarohati tufayli mavsumning köp qismini ötkazib yubordi va Ispaniya terma jamoasining Yevro-2020 uçun qaydnomasiga kiritilmadi. Uning «Real» bilan yangi şartnomasi böyiça yakuniy qaror yöq.

«Real» maoşni kamaytirgan holda 1 yillik şartnoma taklif qilmoqda, Ramos — 2 yillik şartnoma istamoqda. Marca ma'lumotiga köra, Florentino Peres agar kelişuvga erişib bölmasa, uşbu himoyaçini qöyib yuborişga qarşi bölmaydi. «Real»da markaziy himoyada Militao va Naço bor, qolaversa, Madridga Germaniyadan erkin agent maqomida Alaba kelmoqda.

6. Varan ham ketadimi?

Foto: Soccrates Images

Varan bilan şartnomani uzaytiriş (şartnoma muddati 2022 yil yozigaça) — rahbariyat uçun yoşi kattaroq Ramos bilan yangi şartnoma tuzişdan köra ustuvorroq vazifa, ammo bu borada ham ilgarilaş kuzatilmayapti. Agar yaqin vaqtlar içida kelişuvga erişilmasa, «Real» fransuz futbolçisini keyingi yil tekinga qöyib yubormaslik uçun şu yilda sotişga harakat qiladi. Arzonlaşgan narxdagi Rafaelga da'vogarlar köp bölişi tayin.

7. Harri Keyn Gari Nevillga bergan intervyusida yangi çaqiriqlar istayotganini yaşirib ötirmadi.

Foto: Laurence Griffiths

Şu bilan birga, u Angliyadan ketmoqçi emas, şu tufayli unga da'vogarlar doirasi «Siti», «MYu», «Çelsi» va «Liverpul» bilan çeklanadi, ammo uning uçun söraladigan narxni röyxatdagi faqat uç klub tölay olişi mumkin.

— Mening kasbim — ğalaba qiliş. Ha, men ham ğolib bölişni istayman. Men uçun faoliyatim yakunida heç narsadan afsuslanmaslik muhim. Men öz salohiyatimni töliq röyobga çiqarişni istayman. Men heç qaçon butun faoliyatimni «Tottenhem»da ötkazişimni aytmaganman. Yanada ösa olişimni his qilyapman. Ronaldu va Messi darajasiga çiqişni istayapman — bu mening maqsadim. Buni yöllar ayrilişi deb ataş mumkinmi? Menimça, ha. Men bu masalani klub bilan muhokama qilib olişim darkor. Ehtimol, Levining özi ham meni sotişni istar. Birdan u şunday öylab qolar: «Agar sen uçun 100 mln funt berişsa, nima uçun yöq?» Axir men ikki-uç yildan keyin men uçun bunça mablağ tölamasliklari mumkin.

U katta ehtimol bilan 19 may kuni «Aston Villa»ga qarşi «Tottenhem»ning uy stadionidagi oxirgi uçraşuvini ötkazdi.

8. Janluiji Donnarumma — yana bir katta lot.

Foto: Jonathan Moscrop

Agent Mino Rayola köp vaqt davomida mijozi uçun katta maoş va özi uçun katta komissiya puli talab qilib keldi. Yakunda «Milan» yulduzli tarbiyalanuvçisi bilan xayrlaşişga qaror qildi va uning örniga «Lill»dan Menyanni sotib oldi. Paradoks şundaki, yangi darvozabon transferi, uning maoşi bilan qöşib hisoblaganda ham, Donnarumma bilan şartnomani uzaytirişdan ança arzonroqqa tuşdi. Janluiji esa «Yuventus» safiga borib qöşilişi mumkin.

Foto: Danilo Di Giovanni

9. «Yuventus» baribir Çempionlar ligasiga yöllanma olgaç, Ronaldu ketişi haqidagi gap-sözlar kamaydi, ammo Kriştianu «MYu»ga qaytişi haqidagi gaplarni butunlay istisno qilib ham bölmaydi. U «Yuve»ga törtinçi örinni oliş uçun kelmagani aniq. Klub Pirloni ham iste'foga çiqardi va jamoa keyingi mavsumda hozirgidan yaxşiroq bölişiga kafolat yöq, şu tufayli Yevro-2020 çempionatidan keyin Kriş yangi jamoa haqida jiddiyroq öylay boşlaşini kutiş mumkin.

10. Erling Holand — yozda klubini özgartirişi mumkin bölgan yana bir yulduzli futbolçidir.

Foto: Alexandre Simoes

Aprel oyida uning agenti va otasi Yevropa böylab turne ötkazdi va futbolçiga qiziqiş bildirayotgan klublar vakillari bilan uçraşişdi. «Dortmund» YeÇLga yöllanma olgan bölsa-da, Erling baribir ketişi oydinlaşmoqda.

Rayola Holandning «Borussiya»ga transferi xato bölganini tan olgan: «Men unga biroz böşaşiş va nisbatan kattaroq klubga emas, Dortmundning «Borussiya» klubiga ötişni tavsiya qilganimda xato qilgan ekanman».

11. Jyeydon Sançoning boşqa çempionatga ötişi ham şu yoz röy berişi kerak.

Foto: Matthias Hangst

U Dortmundda yana bir yil uşlanib qolgandi, ammo bu yozda ketadi. Töğri, bu oson amalga oşmaydi, unga «Borussiya» talab qilayotgan 100 milliono yevroni tölaydigan klub topilişi qiyin.

12. Yoş yulduzlar mavzusi: Eduardu Kamavinga «Renn» bilan klub tarixidagi ilk Çempionlar ligasida iştirok etdi, ammo endi qolişdan ma'no yöq. Konferensiyalar ligasi — albatta, yöqdan köra yaxşi, ammo Yevropa grandlaridan qiziqiş bölib turganda, qoliş mantiqsizlik. Uşbu yoş futbolçiga «PSJ» jiddiy taklif bergan, ammo boşqa variantlar ham paydo bölişi aniq.

Foto: Catherine Steenkeste

13. Yozda klubini özgartirişi mumkin bölgan boşqa futbolçilar:

Hoqon Çalxonöğli: «Milan» bilan şartnomani uzaytirmayapti;

Jyek Grilliş va Deklan Rays: «Aston Villa» va «Vest Hem» yulduzlariga APLning top-klublari xaridor bölmoqda;

Ikardi: u Poçettino davrida asosiy tarkibga kirişi savol ostida;

Moyze Kin: «PSJ»da kuçli mavsum ötkazdi, ammo bu mavsum ham öynaşi uçun uni «Everton»dan sotib oliş kerak böladi;

Ussem Auar: ötgan yodzda transfer amalga oşmay qolgandi, ammo bu safar u «Lion»ni tark etişi tayin.

Foto: SOPA Images

14. Yana bir kategoriya — şartnomasi 2022 yil yozida yakunlanadigan, şu tufayli yoki şu yozda sotiş yoki yangi şartnoma tuziş kerak bölgan futbolçilardan iborat.

Paulo Dibala

Pol Pogba

Ansu Fati

Leon Goretska

Pedri

Usmon Dembele

Frank Kessi

Lorenso Insine

Marsel Zabitser

Dani Karvaxal

Marselo Brozoviç.

Foto: PressFocus

15. Konte va klub rahbariyati örtasidagi ziddiyat kutilmagan tarzda yakunlandi.

Foto: Jonathan Moscrop

Konte çempionlikdan köp vaqt ötmay «Inter»ni tark etdi. Mister sovrinni himoya qiliş va YeÇLdagi natijalarni yaxşilaşda yordam beruvçi futbolçilar sotib olişini istadi, xöjayinlar esa iqtisod qiliş va budjetdagi teşiklarni yopiş uçun yetakçilarni sotişni. Aftidan, murabbiy ortidan Hakimi, Şkrinyar, Martines, Lukaku kabi futbolçilar ham ketadi.

16. Zidan «Real»dan yana bir marta ketdi.

Foto: SOPA Images

Deyarli transferlarsiz boşlangan juda qiyin mavsumni önlab jarohatlar yanada qiyinlaştirdi va yakunda jamoa birorta sovrinsiz qoldi. Fransuz mutaxassis çarçadi, u vatani Fransiyadan iş topişi mumkin, Madrid klubi esa qayta quriş davriga kirmoqda.

17. Murabbiylar almaşinuvi futbolçilar transferlariga ham ta'sir körsatadi.

Foto: NurPhoto

Masalan, «Roma»dagi yorqin mavsumdan keyin Genrix Mxitaryan Joze Mourino kelgani tufayli klubdan ketadi. Genrix qayerga ketişi — söroq ostida, ehtimoliy variantlardan biri «Zenit». Armanistonlik futbolçi RPLda legioner deb hisoblanmaydi, u piterliklarga YeÇLdagi iştirokini yaxşilaşda yordam körsatişi mumkin, Peterburg klubi bunday yulduz futbolçi uçun pulni ayamaydi.

18. «Roma»da — Joze Mourino, «Fiorentina»da — Gattuzo, «Inter», «Napoli» va «Sassuolo» yangi murabbiy qidirmoqda.

Foto: Marc Atkins

Andrea Pirlo örniga «Yuventus»ga Allegri qaytadi, Simone Indzagi ham «Latsio» bilan yangi şartnoma tuzmayapti, uni «Inter» boş murabbiyligi uçun asosiy nomzod sifatida körişmoqda.

19. Germaniyada röy berib bölgan özgarişlar.

Hans-Diter Flik: «Bavariya» — Germaniya milliy jamoasi;

Yulian Nagelsmann: «Leypsig» — «Bavariya»;

Jyessi Marş: «Zalsburg» — «Leypsig»

Marko Roze: «Borussiya» M — «Borussiya» D

Adi Hyutter: «Ayntraxt» — «Borussiya» M

Oliver Glasner: «Volfsburg» — «Ayntraxt»

YeÇLga qaytgan «Volfsburg» yangi boş murabbiy izlamoqda, «Bayyer» şu kunlarda Hannes Volfning tayinlovini e'lon qiladi. Natijada Bundesliga yetakçilari bölgan 8 klubdan 7tasida boş murabbiylar özgaradi, faqat «Union»da Urs Fişer öz postini saqlab qoladi.

20. Fransiyada çempion bölgan «Lill»dan bu jaomani qurgan Kristof Galte ketdi, u «Nitssa»da katta maoş va tarkibni kuçaytiriş uçun kafolatga ega böldi. «Lion»da ham yangi murabbiy böladi. «Çelsi» (Tuxel) va «PSJ» (Poçettino) bu yozda yangi murabbiylar bilan ilk transferlarni amalga oşiradi. Şuningdek, «Tottenhem» boş murabbiyligi masalasi oçiq qolmoqda.

Foto: John Berry