10:00 / 03.06.2018
20421

Tailandda plastik paketlar delfinning o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: ThaiWhales/AFP

Tailandda oshqozonida 80 ta plastik paket tiqilib qolgan qora delfin nobud bo‘ldi. Bu haqda The Independent nashri ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, zoologlar delfinni qutqarmoqchi bo‘lishga urinishayotganda u 5 ta paketni qayt qilib chiqarib yuborgan. 

Biolog-okeanograf Ton Tamrongnavasavatning aytishicha, delfinning yutib yuborgan paketlar sababli tirik qolishga imkoni bo‘lmagan, chunki u ozuqa qabul qila olmay qolgan. 

Olimning ta'kidlashicha, Tailandda  plastik chiqindilar sababli har yili 300 ga yaqin dengiz jonzoti, jumladan delfin, toshbaqa va kitlar nobud bo‘ladi.

Xitoy, Indoneziya, Filippin, Vetnam va Tailand atrof-muhitni ifloslantiruvchi eng yirik davlatlar hisoblanib, ularning hisobiga barcha plastik chiqindilarning yarmidan ko‘pi to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid
Top