17:19 / 05.06.2018
25195

Turkiyaning eng qimmat brendlari ma'lum bo‘ldi

Foto: Anadolu

Turkiya milliy aviatashuvchisi, Turkish Airlines (THY) shirkati Brand Finance xalqaro tahlil agentligiga ko‘ra, Turkiyaning eng qimmat brendlari TOP-100da birinchi o‘rinni egalladi.

Brand Finance Turkiyaning eng qimmat brendlari reytingini 11-marta e'lon qildi.

THY brendining bozor qiymati 2,042 milliard dollarga baholanmoqda.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Brand Finance reytingining o‘tgan yilgi yetakchisi - Türk Telekom telekommunikatsiya kompaniyasi egalladi. Türk Telekom brendi qiymati 1,907 milliard dollar.

Uchinchi o‘rinda Turkcell mobil aloqa operatori 1,8 milliard dollar bilan joylashdi.

Keyin Akbank 1,649 milliard dollar va Garanti Bank 1,584 milliard dollar qiymat bilan bormoqda.

Ziraat Bank brendining qiymati to‘qqiz foizga oshib, 1,432 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa unga reytingda oltinchi o‘rinni saqlab qolishga imkon berdi.

Ziraat Bank’dan so‘ng İş Bank 1.334 milliard dollar bilan, Arçelik 1.258 milliard bilan, Yapı Kredi - 937 million va Ford Otosan 878 million dollar bilan bormoqda.

Tadqiqotga ko‘ra, Turkiyaning eng qimmat 100 brendining umumiy qiymati 27,5 milliard dollarni tashkil etadi.

 

Mavzuga oid
Top