Turkish Airlines infratuzilmasida, jumladan, çiptalarni sotiş va band qiliş tizimida nosozlik yuz berdi. Kompaniyaning ogohlantirişiça, veb-sayt, mobil ilova va ba’zi tarmoqlar işida uzilişlar bölişi mumkin.
Tizimdagi nosozliklar tufayli Turkish Airlines Istanbuldan bir qança parvozlarni bekor qildi. Aviakompaniya barça yölovçilarga turar joy xarajatlari, tölovlarni qaytariş va boşqa «ehtimoliy harajatlarni» qoplaşga va’da bermoqda, deb yozdi Anadolu agentligi.
Tizimdagi nosozlik Istanbul aeroporti iş faoliyatida uzilişlarni yuzaga keltirgan, jumladan, yölovçilarni röyxatdan ötkaziş va çiptalarni rasmiylaştiriş bilan boğliq muammolarga sabab bölgan. Aeroportning onlayn bortiga köra, içki reyslar ommaviy ravişda bekor qilinmoqda. Şuningdek, 1 noyabr oqşomida Turkish Airlines xalqaro reyslari, jumladan, Mumbay, Podgoritsa, Budapeşt, Belgrad va Afinaga qatnovlari bekor qilgan.
Turkish Airlines tizimlari bilan boğliq muammolar boşqa mamlakatlarda ham qayd etilgan.
Uzbekistan Airports xabariga köra, Turkish Airlines aviakompaniyasining 1-2 noyabr kunlariga möljallangan bir qança reyslari bekor qilingan.
Jumladan, 1 noyabr kuni THY-4331 Toşkent – Istanbul, THY-370 Istanbul – Toşkent, THY-364 Istanbul – Toşkent, 2 noyabr kuni THY-371 Toşkent – Istanbul, THY-365 Toşkent – Istanbul reyslari bekor qilingan.

















