08:12 / 09.06.2018
45227

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 228,4 mln dollarga kamaydi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2018 yil 1 iyun holatiga ko‘ra oltin-valyuta zaxirasi haqidagi ma'lumotlar e'lon qilindi.

Unga ko‘ra respublika oltin-valyuta zaxirasi 28,12 mlrd dollarni tashkil qildi.

Ulardan 14 mlrd – xorijiy valyutadagi aktivlar, 14,11 mlrd – monetar oltin.

1 iyun holatiga ko‘ra sof oltin-valyuta zaxiralari 27,02 mlrd dollarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 2018 yil 1 may holatiga ko‘ra ham kamaygandi.

Mavzuga oid
Top