8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:53 / 19.06.2018 6842

Poroshenko Yanukovich bo‘yicha sudga murojaat bilan chiqdi

Foto: Reuters /Christian Hartmann

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Konstitutsion sudiga murojaat yo‘lladi, unda Viktor Yanukovichning prezidentlik maqomidan mahrum qilinishi bo‘yicha o‘ziga xos e'tiroz bor. Ukrainalik jurnalist Aleksandr Dubinskiy bunga e'tibor qaratdi.

Ukraina prezidentining o‘z murojaatida ta'kidlashicha, Yanukovichni prezident maqomidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror noqonuniy bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, konstitutsiyaning qator moddalari buzilgan. Poroshenkoning xulosa qilishicha, prezidentni lavozimidan faqat impichment jarayoni bo‘yicha mahrum qilish mumkin.

Dubinskiyning fikricha, Ukraina prezidenti bu murojaatni o‘z lavozimini ham shunday tarzda yo‘qotishdan xavfsirayotgani tufayli yo‘llagan - impichment jarayonisiz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina birinchi prezidenti Rossiya Qrimdan o‘z xohishiga ko‘ra voz kechishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi

Top