8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:00 / 01.07.2018 14379

Uchuvchining kichik xatosi politsiya va maxsus kuchlarni oyoqqa turg‘izdi

O‘tgan seshanba kuni kechqurun Jon Kennedi nomli xalqaro aeroportda politsiya va shoshilinch yordam ko‘rsatish xodimlari 1623-reysni o‘rab olishdi. JetBlue Airbus A321 samolyoti bortiga maxsus kuchlar ko‘tarildi. Bularning bariga dispetcherlar samolyotni qo‘lga olingan deb hisoblashgani uchun ro‘y bergan, biroq ma'lumot xato bo‘lib chiqqan. 

Samolyot bortida yovuz kuchlar bo‘lmagan. To‘rt soatdan keyin samolyot parvoz uchun shay bo‘lib, yo‘lovchilarni Los-Anjyelesga yetkazish uchun yo‘l olgan. Dispetcherlarga samolyotning qo‘lga olinganini bildiruvchi kodni yo‘llagan uchuvchilar reysning kechiktirilishi sababchilari bo‘lib chiqishdi. Ma'lum bo‘lishicha, bunday xatoga yo‘l qo‘yish oson ekan. 

Uchuvchilarga bortdan dispetcherlik punktiga ma'lumot uzatish imkonini beruvchi bir necha kod mavjud. Muloqotning bunday usuli til bilan bog‘liq to‘siqlarni yengish imkonini beradi. Bundan tashqari, u favqulodda vaziyatlarda, ya'ni uchuvchi ovoz orqali ma'lumotni yetkazish imkoniga ega bo‘lmaganida ayni muddaodir. Faqat kodni terish usuli takomillashtirilmagan.

Samolyot modeliga qarab kodlar yo maxsus klaviatura, yoki boshqaruv panelidagi burilish tugmasi yordamida teriladi. Quyida ketma-ket kelgan uch muhim kod bilan bo‘lishamiz:

7500 – samolyot qo‘lga olinganda yoki olib qochilganda qo‘llanuvchi kod;
7600 – radioqurilmalar ishlamay qolganda qo‘llanuvchi kod;
7700 – favqulodda vaziyatga ishora qiluvchi umumiy kod.

JetBlue uchuvchilari radioaloqa bilan bog‘liq muammolar haqida xabar qilmoqchi bo‘lishgan, biroq birgina raqamda adashishgan, natijada ularning samolyoti o‘rab olingan. Federal Aviatsiya Ma'muriyati bu ma'lumotni tasdiqlagan.

Top