Bugun sovet davrida loyihalaştirilgan va tayyorlangan samolyotlarning aksariyati işlab çiqarilmaydi. Buning sabablari juda köp. SSSR parçalangaç ittifoqdoş respublikalarda joylaşgan korxonalar örtasida aloqalar uziladi.

SSSRda 1960-70 yillarda işlab çiqarilgan samolyotlar uzoq yillar davomida yangilanmaydi. Oqibatda 1990-yillarga kelib ular xalqaro talablarga javob bermay qöyadi.

Ayniqsa, sovet samolyotlariga örnatilgan dvigatellar işonçsiz, şuningdek, ularning şovqini juda baland edi. Öşa paytlarda Ğarbda tayyorlangan şovqini past va sifatli dvigatellar Yevropadagi Airbus konsorsumi va AQŞning Boeing kompaniyasidan ortmasdi.

Ana şunday şaroitda Rossiya SSSR davrida işlab çiqarilgan samolyotlarning aksariyatini mukammallaştira olmadi. Faqat bir neça turdagi samolyotlarning yangilangan modellarini tayyorlay olişdi xolos.

Ular orasida asosan hukumat vakillari va Rossiya prezidentiga xizmat qilgan Il-96 samolyoti ham bor.

Il-96 loyihasi tarixi

1970-yillarda SSSRdan uzoq masofalarga parvoz qilişda faqat Il-62 samolyotidan foydalanişardi. Bu samolyotga 168-186 nafar yölovçi siğardi va u keskin oşgan ehtiyojlarni qondira olmay qoladi.

Şundan söng sovetlar keng fyuzelajli Il-86 samolyotini işlab çiqarişadi. Biroq bu samolyot Il-62ga öxşab uzoq masofalarga uça olmasdi. Şu sababli bu samolyot unça ommalaşmaydi va undan bor-yöği 100 dona atrofida tayyorlaşadi xolos.

1970-yillar örtalarida Ilyuşin konstruktorlik byurosi muhandislari Il-86 bazasida yoqilği siğimi töldirilganda 9 ming kilometrgaça parvoz qila oladigan yangi samolyot loyihasi ustida iş boşlaydi.

Loyiha avvaliga şartli ravişda Il-86D deb nomlanadi. Keyinroq Il-96 deb özgartiriladi. Il-86 dan farqli ravişda Il-96 da qanotlar ölçami kattalaşdi. Dvigatel quvvati oşiriladi.

Samolyotning sinov parvozi 1988 yil 28 sentabrda Moskvadagi aerodromda ötkaziladi. Uni taniqli uçuvçi Stanislav Bliznyuk boşçiligidagi ekipaj boşqaradi va parvoz 40 daqiqa davom etadi.

Keyingi sinov parvozida Il-96 Moskva – Petropavlovsk-Kamçatka yönalişida töxtamasdan 14 800 km masofani uçib ötadi. Parvoz 18 soat davom etadi.