10:50 / 12.07.2018
13817

NATO ittifoqchilarini sovet davri harbiy texnikasidan xalos etmoqchi

Foto: REUTERS/Ints Kalnins

Bryusselda o‘tayotgan NATO sammiti davomida alyansga a'zo davlatlar bir qator a'zo davlatlarda meros bo‘lib qolayotgan sovet va Rossiya harbiy texnikalaridan butkul xalos bo‘lish borasida kelishib olishdi, deb yozmoqda RIA Novosti. Bu alyans sammitining birinchi kuni yakunlari bo‘yicha ma'qullangan deklaratsiyada o‘z aksini topgan.

Deklaratsiyada yozilishicha, «o‘zgarayotgan vaziyatlardan paydo bo‘lgan tahdidlarni yengib o‘tish» uchun «yuqori tayyorgarlikda bo‘lib turgan tezkor qo‘shma kuchlar va vositalar» zarur bo‘ladi.

Buning uchun alyans «qurolli kuchlarning tezkor hamjihatligini oshirish, Rossiyada ishlab chiqarilgan va meros bo‘lib qolgan harbiy texnikalarga mavjud bog‘liqlik masalasini bahamjihat yechish uchun ishlash»ni rejalashtirmoqda.

«Biz innovatsiyalarni joriy etish va o‘zimizning texnologik ustunligimizni ta'minlashda davom etamiz», — deyiladi hujjatda.

Mavzuga oid
Top