20 yanvar kuni Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat diplomatiyasining 2025 yildagi faoliyati yakunlariga doir matbuot anjumanida çiqiş qildi. Associated Press naşri Sergey Lavrov nutqidagi muhim iqtiboslarni jamladi.
Grenlandiya va NATO haqida
Sergey Lavrov AQŞ prezidentining Grenlandiyani egallaşga qaratilgan urinişlari NATO uçun «çuqur inqiroz» boşlanganidan darak berişini aytdi. Unga köra, bu «alyansning yagona harbiy-siyosiy blok sifatida saqlanib qolişi masalasini şubha ostiga qöyadi».
«Bunday holat yuz berişi mumkinligini avval tasavvur qiliş qiyin edi. Bu – NATOning bir a’zosi blokning boşqa bir a’zosiga hujum qiladigan ssenariyni yuzaga keltirişi mumkin», dedi Lavrov matbuot anjumanida.
Uning aytişiça, Donald Trampning harakatlari Rossiya uzoq vaqtdan beri tanqid qilib kelayotgan «qoidalarga asoslangan global tartib» haqidagi Ğarb konsepsiyasini ostin-ustun qilgan.
«Endi qoidalarni ‘Kollektiv Ğarbʼ emas, balki uning faqat bir vakili yozmoqda», dedi Lavrov kinoya bilan. «Bu Yevropa uçun katta larza böldi va biz buni kuzatyapmiz. Xavfsizlik va hamkorlikni ta’minlaşga qaratilgan Yevro-atlantika konsepsiyasi özini oqlamadi».
Lavrovning da’vo qilişiça, Daniyaning Grenlandiya ustidan nazorati mustamlakaçilik davridan qolgan meros. «Aslida, Grenlandiya Daniyaning tabiiy bir qismi emas», deya qöşimça qildi u.
Şu bilan birga, Lavrov Rossiya va Xitoy orolga tahdid solişi mumkinligi haqidagi Trampning gaplarini qat’iyan rad etdi.
«Bizning bunga heç qanday aloqamiz yöq. Albatta, biz bu jiddiy geosiyosiy vaziyatni kuzatyapmiz va u hal bölgaç, xulosalarimizni çiqaramiz», dedi Lavrov.
Trampning «Tinçlik kengaşi» borasida
Moskva taşqi siyosatidagi ustuvor yönalişlariga bağişlangan anjumanda sözlar ekan, Lavrov Trampning «Tinçlik kengaşi» taşabbusini ehtiyotkorona ma’qulladi.

Dastlab bu taşkilot Ğazoda Isroil-Hamas uruşini yakunlaşga qaratilgan mexanizm sifatida körilgan edi. Biroq endi u boşqa global inqirozlarni ham qamrab oladigan, hatto BMTga raqobatçi bölişi mumkin bölgan kengroq mandat bilan şakllanmoqda.
Kreml Trampning kengaşga qöşiliş haqidagi taklifini örganayotganini va Vaşingtondan qöşimça tafsilotlarni kutayotganini bildirdi.
«Bu taşabbus AQŞning – öz taşqi siyosat falsafasiga qaramay, u hamkorlik qilişga tayyor bölgan davlatlar guruhini birlaştiriş zarurligini anglayotganini körsatadi», dedi Lavrov.
Ukrainadagi uruş haqida
Lavrov Donald Trampning Ukrainadagi janglarni tugatiş böyiça muzokaralar taşabbuslarini ham maqtadi. U AQŞni Ğarb davlatlari orasida «Rossiya manfaatlarini inobatga oliş zarurligini tuşungan va inqirozning ildiz sabablarini hisobga olgan holda yeçimlar taklif qilgan yagona mamlakat» deb ta’rifladi.
Şu bilan birga, Lavrov Kiyev va uning yevropalik ittifoqçilari AQŞning sulh takliflariga tuzatişlar kiritişga urinayotganini tanqid qildi.
Rossiya boş diplomatining aytişiça, Alyaskadagi sammitda Vladimir Putin qabul qilgan Trampning dastlabki taklifida «Ukrainadagi rus tilida sözlaşuvçilar va Moskva bilan aloqador Ukraina pravoslav çerkovini himoya qiliş çoralari» nazarda tutilgandi. Ammo Kiyev va uning yevropalik ittifoqçilari taklif qilgan sönggi versiyadan bu bandlar olib taşlangan. Moskva esa bunday özgarişlarni qabul qilmoqçi emas.
«Biz Kiyev rejimiga yana bir bor nafas rostlab, qayta qurollaniş imkonini beradigan haşamatga yöl qöymaymiz», dedi Lavrov.
U Moskva Yevropa yetakçilari bilan aloqalarni butunlay istisno qilmasligini aytdi. Biroq «ular (yevropaliklar) Rossiyaga nisbatan nafratga şu qadar çuqur botib ketganki, ehtimol, ular bilan biror masalada kelişişning iloji bölmaydi», deya qöşimça qildi Lavrov.
Maduroning öğirlanişi va AQŞ bilan hamkorlik borasida
Şu bilan birga, Lavrov Venesuela yetakçisi Nikolas Maduro qölga olinib olib ketilganini keskin tanqid qildi va «qöpol harbiy aralaşuv» deb atadi.

«Biz misli körilmagan voqealarga guvoh böldik: AQŞ tomonidan Venesuelaga qarşi qöpol qurolli bostirib kiriş, önlab halok bölganlar va yaradorlar… Şuningdek Venesuelaning qonuniy prezidenti Nikolas Maduro va uning turmuş örtoğining qölga olinib, mamlakatdan olib çiqib ketilişi. Bu harakatlar bilan bir vaqtda Kuba hamda Lotin Amerikasi va Karib havzasi mintaqasidagi boşqa davlatlarga nisbatan tahdidlar yangramoqda», degan Lavrov.
U şuningdek, AQŞ yanvarning dastlabki kunlarida musodara qilgan Rossiya bayroği ostidagi tankerdagi ikki rossiyalik dengizçining ozod etilişini hamon kutayotganini aytdi.
Sergey Lavrovning aytişiça, kelasi oyda «Yangi START» yadroviy qurollarni nazorat qiliş şartnomasining muddati tugaydi. Vaşington esa undagi çeklovlarga yana bir yil amal qiliş haqidagi Putinning taklifini qabul qilmagan.
«Rossiya milliy manfaatlarga özaro hurmat asosida AQŞ bilan muloqotni davom ettirişga tayyor», dedi u.
Lavrovning aytişiça, ötgan yili Saudiyada bölib ötgan muzokaralarida Marko Rubio «manfaatlar mos keladigan joylarda hamkorlik qiliş va kelişmovçiliklarning qarama-qarşilikka aylanib ketişiga yöl qöymaslik zarurligini» ta’kidlagan. «Men bu falsafa va mantiqni töliq qöllab-quvvatlaşimni aytdim», dedi Lavrov.












