O‘zbekiston | 15:20 / 17.07.2018
9765
1 daqiqa o‘qiladi
«Toshkent-Urganch-Toshkent» yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berishicha, aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Qo‘shimcha qo‘yilgan №256/255-sonli poyezd joriy yilning 17, 19, 21, 23, 25 iyul kunlari Toshkent-Janubiy vokzalidan Urganch tomon soat 14:30 da harakatlanadi. 19, 21, 23, 25, 27 iyul kunlari esa Urganch vokzalidan poytaxtga soat 10:00 da qaytadi.
"Qo‘shimcha ma'lumotlarni joylardagi xududiy temir yo‘l ma'lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin", deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:40
Toshkent yana dunyoning havosi eng iflos shaharlari reytingida o‘nlikka kirdi
18:29 / 21.10.2024
Prezident Toshkentdagi drenaj tizimi borasida qat’iy e’tiroz bildirdi
15:24 / 21.10.2024
“Kechasi ham taraq-turuq tinmaydi” - yashnobodliklar mahalladagi qurilishdan nega norozi?
21:13 / 20.10.2024