Prezident Toşkentdagi drenaj tizimi borasida qat’iy e’tiroz bildirdi
|23:29 / 21.10.202412 2482 min
Kuni keça bölgan kuçli yomğir haqiqiy ahvolni körsatdi, dedi Şavkat Mirziyoyev. Poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga çiqib, drenaj, yaşillik, obodonlaştiriş kabi masalalarni tepasida turib özi hal qilişi şartligi körsatib ötildi. Şahar hokimligi yil yakunigaça master-reja qilib, drenaj tizimini sun’iy havzalar bilan birga quriş böyiça dastur işlab çiqişi kerak.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Prezident Şavkat Mirziyoyev “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oşirilgan işlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor ötkazdi.
Rasmiy xabarga köra, yiğilişda davlat rahbari poytaxtning drenaj tizimi işiga qat’iy e’tiroz bildirgan. Kuni keça bölgan kuçli yomğir haqiqiy ahvolni körsatganini qayd etgan.
“Drenajni töğirlaşni özi yetarli emasligi, suvni havzalarda töplaş tizimini qilib, daraxtlarni suğorişga işlatiş maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Umuman, poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga çiqib, drenaj, yaşillik, obodonlaştiriş kabi masalalarni tepasida turib özi hal qilişi şartligi körsatib ötildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bundan taşqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanişi ham köpaygani qayd etildi.
Şahar hokimligiga yil yakunigaça master-reja qilib, drenaj tizimini sun’iy havzalar bilan birga quriş böyiça dastur işlab çiqiş topşirildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Eslatib ötamiz, davlat rahbari şu yil yanvar oyidagi yiğilişda ham bu masalaga töxtalgan, şahar hokimligi oldiga drenaj tizimidagi eng muammoli nuqtalarda quriliş işlarini yakunlaş va 1 sentabrgaça poytaxt drenaj tizimi master-rejasini işlab çiqiş vazifasini qöygandi.