Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yana dunyoning havosi eng iflos shaharlari reytingida o‘nlikka kirdi
Ayni damda O‘zbekiston poytaxtida havo tarkibidagi PM2,5 zarrachalari miqdori JSST tasdiqlagan me’yordan qariyb 10 barobarga oshgan. Bunday nosog‘lom muhit barcha toifadagi insonlar salomatligi uchun xavf tug‘diradi.

Foto: Kun.uz
22 oktyabr kuni tongda Toshkent shahrida havo tarkibidagi PM2.5 zarrachasi JSST tasdiqlagan me’yordan qariyb 10 barobarga oshgan. Air Quality Index'ga ko‘ra, bu nosog‘lom havo muhiti hisoblanadi va barcha toifadagi insonlar salomatligi uchun xavf tug‘diradi.
Holat keyinroq, biroz yaxshilangan bo‘lsada, havo tarkibidagi PM2.5 zarrachasi soni yuqoriligicha qolmoqda.
Joriy yil sentabr oyida ham shaharda havo ifloslanish darajasi bir necha marta ortgandi. Kun.uz so‘roviga javoban Ekologiya vazirligi ifloslanish manbalari haqida ma’lumot bergan edi.
Vazirlikka ko‘ra, respublikada havoning chang bilan ifloslanishi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, qurilish tashlamalari) omillar bilan bog‘liq. Shuningdek, kuchsiz shamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turg‘unligi kabi sabablar ham atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi uchun sharoit yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, 29 sentabr soat kechki vaqtda Toshkent shahrida RM2,5 mayda dispersli zarrachalar konsentratsiyasi 166 mkg/m3 ni tashkil etib, xalqaro IQair ma’lumotlar bazasida dunyoda eng ifloslangan shaharlar reytingida 2-o‘rin deb e’lon qilingandi.
Tavsiya etamiz
Sentyabrning o‘rtalari salqin, oyning uchinchi o‘n kunligi esa iliqroq o‘tishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 21:31 / 08.09.2025
Chiroyli avtoraqamlarni auksion orqali sotish amaliyoti bekor qilinadi
O‘zbekiston | 20:31 / 08.09.2025
Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 20:27 / 08.09.2025
Iqlim o‘zgarishi jahonda go‘sht narxlarini oshirmoqda
Iqtisodiyot | 14:56 / 08.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamala Harris o‘z kitobida Jo Baydenni tanqid qildi
Jahon | 23:45
-
Neuralink miyasiga chip o‘rnatilgan 12 nafar bemor haqida xabar berdi
Fan-texnika | 23:15
-
Rossiya Ukrainaning 6 ming kv km hududini berishni talab qilmoqda – Vens
Jahon | 22:51
-
iPhone 17 taqdimotidan keyin Apple aksiyalari narxi pasaydi
Biznes | 22:42
Mavzuga oid

21:35 / 09.09.2025
Toshkent farmatsevtika instituti shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin

17:22 / 08.09.2025
Toshkentda bozorlarga antiqa sabab bilan kameralar o‘rnatilyapti

22:11 / 06.09.2025
Toshkentda issiq suv rejali o‘chiriladi (grafik)

14:46 / 05.09.2025