08:03 / 27.07.2018
6775
Yamanlik husiylar dron yordamida Abu-Dabi aeroportiga hujum qilishdi – OAV
Foto: Khaled Abdullah | Reuters

Yamanlik husiylar dron yordamida Abu-Dabi xalqaro aeroportiga hujum qilishdi. “Interfaks”ning xabar berishicha, bu haqda husiylar nazoratidagi OAVga iqtibos keltirgan holda Al Arabiya telekanali ma'lum qilgan.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, “Samad-3” droni yordamida aeroport binosiga 3 ta zarba berilgan. Yetkazilgan talofatlar va jabrlanuvchilar haqida hech narsa ma'lum qilinmagan. 
 
Abu-Dabi aeroportining tvitterdagi sahifasida aeroport hududida uning ishiga ta'sir ko‘rsatmagan, yuk tashish uchun qurilma qo‘llanishi bilan bog‘liq voqea yuz bergani ma'lum qilingan. Xabarda ushbu voqeaga dron aloqador bo‘lgan-bo‘lmagani aytilmagan.

BAA hukumati husiylar hujumi haqidagi ma'lumotni tasdiqlamagan.

Top