Wizz Air aviakompaniyasi Yaqin Şarqdagi operatsion muammolar va geosiyosiy özgarişlar tufayli joriy yil sentabr oyidan boşlab Abu-Dabi (BAA) şahridan barça reyslar töxtatilişini ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
Asosiy sabablar sifatida issiq havo şaroitida Pratt & Whitney GTF dvigatellari bilan boğliq muammolarning çözilib ketgani, havo böşliğining yopilişi va iqtisodiy samaradorlikning yöqligi körsatilgan. Ta’kidlanişiça, bularning barçasi 2020 yilda Yaqin Şarqqa kirgan Wizz Air uçun juda arzon biznes modelini saqlab qolişni imkonsiz qiladi.
Parvozlarning töxtatilişi Özbekistonga ham ta’sir qiladi. Wizz Air çiptalarni band qiliş tizimidan 2025 yil 1 sentabrdan boşlab Toşkentdan Abu-Dabiga va Samarqanddan Abu-Dabiga reyslar yöqolgan.
Kompaniya keyingi faoliyatini Markaziy va Şarqiy Yevropa, şuningdek, Avstriya, Italiya va Buyuk Britaniyadagi asosiy bozorlariga yönaltirişini tasdiqladi.
Vengriyaning Wizz Air loukoster aviakompaniyasi 2022 yil dekabr oyidan Abu-Dabi – Samarqand, 2023 yil yanvar oyidan Abu-Dabi – Toşkent yönalişi böyiça muntazam reyslarni yölga qöygan edi.













