21:04 / 01.08.2018
34535

Samarqand viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi

Bugun, 1 avgust kuni Samarqand viloyatining ikki tumanida hokimlar almashdi. Dastlab Pastdarg‘om, so‘ngra Toyloq tumanlariga yangi hokim tasdiqlangani ma'lum bo‘ldi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatidan xabar qilishlaricha, bugun xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Umar Ismoilov hamda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ishtirok etgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sobir Ergashev o‘rniga Bahodir Sadullayev tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Bahodir Sadullayev

Bahodir Safiyulayevich Sadullayev 2017 yilning 19 avgustidan buyon Toyloq tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Shundan so‘ng U.Ismoilov hamda E.Turdimovlar xalq deputatlari Toyloq tumani kengashining ham navbatdagi tashqari sessiyasida ishtirok etishgan.

Sessiyada Baxodir Safiyullayevich Sa'dullayev Past Darg‘om tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani munosabati bilan Toyloq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

2014 yil sentabr oyidan buyon «Agrobank» Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Baxodir Qodirovich Bobonazarov Toyloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bobonazarov Baxodir Qodirovich

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbarlari jiddiy ogohlantirilgani haqida xabar qilingandi.

Top