Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni polkovnik Oybek Saidovning körsatmasiga asosan kuç işlatar tuzilmalar bilan hamkorlikda yana bir maxsus işlov beriş yiğma otryadi uşbu tumanga yönaltirildi. Bu haqda Kun.uz’ga harbiy jurnalist Ğayrat Madrahimov ma'lum qildi. 

Qisqa fursatda “Biologik zararlaniş vaziyatida dezinfeksiya tadbirlarini ötkaziş böyiça hamkorlikdagi harakatlar” rejasi işlab çiqilib, yiğma otryad zimmasiga izolyatsiya qilingan hududni xavfli infeksiyadan batamom tozalaş vazifasi yuklandi.

Bundan taşqari tumanda taşkil etilgan 35 ga yaqin blok-postlar aholi va texnikalar harakatini vaqtinça çeklab, bu orqali xavfli infeksiyaga qarşi samarali kuraşişga imkon yaratilmoqda.

Tuman markaziga olib kiradigan barça köçalar va dala yöllariga avtomobil harakatini çeklaş uçun beton tösiqlar örnatilgan. Asosiy yöllar va köpriklarda harbiy xizmatçilar öziga biriktirilgan qurol-aslaha hamda jangovar texnikalarda patrullik xizmatini olib bormoqda.

Toyloq tumanidagi blok-postlarga jalb qilingan qöriqlaş bölinmasi şaxsiy tarkibi 14 kundan söng Samarqand harbiy gospitaliga karantinga joylaştirilişi közda tutilgan.

27 aprel kuni dezinfeksiya işlarida faollik körsatgan Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar, Soğliqni saqlaş vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Samarqand şahar Obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlari hamda blok-postlarda xizmat ötayotgan harbiylar harbiy okrug qömondonligi tomonidan rağbatlantirildi.