Dunyodagi eng yirik onlayn xaridorlarga ega Alibaba tizimidan yurtimizda ham xususiy tadbirkorlar foydalana boşlagan. Taşqi bozorda yangi xaridorlar topiş va eksport hajmini zamonaviy yöllar bilan oşiriş maqsadida mahalliy hokimliklar içida esa birinçilardan bölib Toyloq tumani ana şu tizimdan foydalanişni yölga qöydi.

Toyloqda qişloq xöjaligi mahsuloti yetiştiruvçi va qayta işlovçi korxonalar soni oşib bormoqda. Ularning mahsulotlarini eksportga çiqarişda kömaklaşiş tuman hokimligi investitsiyalar va taşqi savdo bölimi vazifalaridan biri. Alibaba veb saytida yaratilgan “TAYLAK DISTRICT COMPANIES” profili ana şu bölim tomonidan taşkil etildi.

Uşbu manzilda fermer xöjaliklarida yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari va ularning ma'lumotlari joylaştirilib borilişi yölga qöyildi.

Şuningdek, tumanda ayrim fermer xöjaliklari allaqaçon mazkur tizimdan foydalanişga ötgan. Jumladan, eksportyor korxona "Muzaffarova Shahnoza Nuriddinovna" fermer xöjaligi Alibaba saytida Gold supplier a'zolik profilini oçiş orqali Braziliya, Xitoy, Rossiya va boşqa davlatlardan yangi hamkorlar topib öz mahsulotlarini eksport qilmoqda.

«Birinçidan jahon bozoridagi yuqori raqobat, ikkinçidan, butun dunyoda murakkab karantin şaroiti. Bunday vaziyatda eng çekka tumanda ham yangi-yangi loyihalarni tatbiq qiliş şart. Qolaversa, dunyo bozorida savdo-sotiqning eski usullari allaqaçon davrini ötab bölmoqda. Birgina Alibaba tarmoği 2013 yilda 231 million nafar faol mijozlarga ega bölgan edi. Ötgan yili esa bu tarmoqda faol xaridorlar soni 636 million nafardan oşdi. Sotuvlar soni esa 10 milliondan oşdi. Taşqi bozorni muntazam kuzatib boriş, iste'molçilar qaysi tarmoq va tizimlardan öziga mahsulot izlasa öşa yerda paydo bölib, taklif kiritiş orqaligina özimizga joy topa olişimiz mumkin.