2018/2019 o‘quv yili uchun super-kontrakt narxlari tasdiqlandi
Davlat qabul komissiyasining 5-son bayoni asosida jami 276 ta yo‘nalish bo‘yicha oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Xushnudbek Xudayberdiyev.
Unga ko‘ra, eng arzon super-kontrakt miqdori 82 mln 935 ming so‘m bo‘lib, 141ta yo‘nalishda (51,1%) abituriyentlar ayni shu miqdordagi super-kontraktni to‘lab talabaga aylanishlari mumkin.
Eng qimmat super-kontrakt esa o‘tgan yildagidek huquq sohasi uchun belgilandi – 25 barobar. Bunga ko‘ra, yurist bo‘laman degan, lekin yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar birinchi yil uchun 276 mln 450 ming so‘m to‘lab, talaba bo‘lishlari mumkin.
Shu kabi super-kontrakt uchun 276ta yo‘nalishga jami 11 xil miqdordagi narxlar belgilandi.
Eslatma: to‘plagan ballari to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul kvotalari chegarasiga 4 balldan ortiq ball yetmagan, biroq eng yuqori ballning 30%dan (56,7 ball) kam bo‘lmagan holda, o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar super-kontraktda o‘qishi mumkin.
Super-kontrakt faqat birinchi yil uchun to‘lanadi (oddiy kontraktning summasi ham shuning ichida), keyingi yillarda el qatori oddiy kontrakt to‘lanadi.
Mavzuga oid

16:07 / 29.01.2025
Mingdan ortiq dorixonada dorilar narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi

11:21 / 23.01.2025
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?

12:58 / 15.01.2025
O‘zbekistonliklarning yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishidan xavotirlari keskin ortgan

22:07 / 03.01.2025