20:47 / 29.08.2018
31151

Samolyotning tayfun vaqtida ekstremal qo‘nishi videoga olindi

Internetda Yaponiyada 24-25 mart kunlari yuz bergan tayfun vaqtida Boeing 787 Dreamliner samolyotining qo‘nishi tasvirlangan video joylashtirildi. Bu haqda Metro xabar bermoqda.

All Nippon Airways aviakompaniyasi uchuvchisi samolyotni Tokio aeroportiga yomon ob-havo sharoitida qo‘ndirishga majbur bo‘lgan.

Nashr shuningdek, o‘sha kunlari Yaponiyada tayfun sababli 300ga yaqin reys bekor qilinganini, 100 mingga yaqin uy esa elektrsiz qolganini yozmoqda.

Mavzuga oid
Top