18:30 / 12.09.2018
11510

«Shahar obro‘siga putur yetkazmoqda». Vetnam poytaxti aholisidan it go‘shti iste'mol qilmaslik so‘raldi

Foto: AFP

Vetnam poytaxti Xanoy ma'muriyati aholiga murojaat qilib, ularni it go‘shti iste'mol qilmaslikka chaqirdi. Rasmiylarga ko‘ra, bunday amaliyot «zamonaviy va madaniyatli shahar»ning obro‘siga putur yetkazadi, shuningdek, quturish kabi jiddiy kasalliklar tarqalish xavfini oshiradi.

Bundan tashqari, fuqarolardan mushuk go‘shtini ham iste'mol qilmaslik so‘raldi. Xanoyda it yoki mushuk go‘shtini sotuvchi hammasi bo‘lib mingtaga yaqin do‘kon bor. Vetnam poytaxtining Xalq qo‘mitasi ko‘plab hayvonlar shafqatsiz tarzda o‘ldirilganligini ta'kidladi.

Mahalliy jurnalistlarning fikriga ko‘ra, Vetnam aholisi it go‘shti iste'mol qilinishi tufayli tobora ko‘p tanqidga uchramoqda. Biroq, bu hali ham «chuqur ildiz otgan odat» bo‘lib qolmoqda.

Top