09:30 / 13.09.2018
13289
Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Uzstudy talaba bo‘lishga kafolatli yordam beradi
Foto: Uzstudy

Hurmatli abituriyentlar, siz uchun 1 avgustdan to 15 avgustgacha o‘tkazilgan OTM imtihonlari rostdan ham adolatli bo‘ldimi? Bu yilgi OTMdagi o‘zgarishlar bir necha yillardan buyon omadi chopmayotgan va haqiqiy bilimli yigit-qizlar uchun omad kaliti bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Ushbu yilda hali OTM kirish imtihonlari ”TARIX”ida kuzatilmagan shaffoflik yuz berdi. SIZ-ChI? Aziz abituriyent, siz tinimsiz mehnat va shuncha tayyorgarlikdan so‘ng ham talaba bo‘la olmadingizmi? Balki sizning bilim darajangiz shu qulay imkoniyatlardan foydalanish uchun hali yetarli bo‘lmagandir? Unda biz sizning imkoniyatingizmiz! Biz sizning talaba bo‘lishingizga kafolatli yordam beramiz.

Bizning pedagoglar har bir abituriyent bilan individual yondashib zamonaviy metodlarni qo‘llagan holda darslarni olib boradi.

Foto: Uzstudy

Eng asosiysi, bizda o‘qituvchilar belgilangan ikki soatda darsni tugatmaydi. O‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelayotgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha darslar qo‘yiladi. Agar yil davomida o‘tilgan mavzularni puxta o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, imtihonga ikki oy qolganda darslar nihoyatda kuchaytirilib bir yillik dasturni ikki oy ichida qaytarib chiqishga erishasiz.

Yana bizning o‘qituvchilarning ustunlik tomoni ota-onalar bilan hamkorlikda darslarni olib borishi va farzandlarining o‘zlashtirish holatidan xabardor qilib borishi bilan ajralib turadi. Xullas, bizdagi tezkor o‘qish dangasa abituriyentlar uchun emas. Buning uchun sizda ishtiyoq bo‘lishi yetarli.

Mana shunday usulda tayyorlanish natijasida shu yilgi 250 nafar abituriyentlarimizdan 228 nafari talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi (91,3 %). Shularning ichida 60 % abituriyentlar ba'zi fanlardan 100 foiz javob bergan.

Yana bir narsani sizga ma'lum qilmoqchimizki, shu yil Ichki Ishlar Akademiyasiga kirish imtihon jarayonlari mutlaqo o‘zgargan holda bo‘lib o‘tdi. Ichki Ishlar akademiyasiga  abituriyentlar maxsus professional tanlov, shaxsiy suhbat va eng oxirida tarix fanidan, Milliy istiqlol g‘oyasi, adabiyot, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasidan hamda hozirda dunyoda va vatanimizda ro‘y berayotgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlardan og‘zaki imtihon bo‘lib o‘tdi. Natijada 20 dan ortiq o‘quvchilarimiz Ichki Ishlar akademiyasi talabasiga aylandi. Biz sizlarni ushbu imtihon jarayoniga to‘liq va kafolatli tayyorlay olamiz.

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari, endi siz, bizning Uzstudy o‘quv markazimizda o‘zingiz tanlagan oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘ribgina qolmay, turli chegirmalar va abituriyentlar uchun joriy etilgan ABITURIYeNT STIPENDIYaSIga ham ega bo‘ling. Fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirib,yurtimizdagi va boshqa xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlarining kirish imtihonlariga online ravishda qatnashib,xorijda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiriting.

Foto: Uzstudy

Ha, yana bir muhim yangilik, ingliz tili kursini tamomlagandan so‘ng bitiruvchilarga Koreya, AQSh va Germaniya…. davlatlariga yo‘llanma taqdim etiladi.Bundan tashqari, agar siz bizning o‘quv markazimizda tayyorgarlik ko‘rib to‘lov shartnomasi asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lsangiz unda biz sizning shartnoma pulingizni to‘lashga ko‘maklashamiz. Buning uchun siz biz bilan bog‘laning va bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!!!

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar! Bizning Uzstudy abituriyentlar maktabi sizning kelajakka bo‘lgan ishonchingizni orttirib, bilimlaringizni mustahkamlab, o‘zingiz tanlagan oliy o‘quv yurtiga kirishga ko‘maklashadi.

Bizning tayyorlov kursimizda yuqori tajribaga ega malakali mutaxassis xodimlar faoliyat yuritadi. Siz o‘quv jarayoni davomida nafaqat nazariy bilim, balki ruhiy va ma'naviy saboqlardan ham xabardor bo‘lib borasiz. Bu 1 avgust test sinovlarida sizga asqatadi.

Mazkur o‘quv muassasasida siz quyidagi fanlardan, o‘z sohasining yetuk va malakali mutaxassislari tomonidan sifatli va kafolatli ta'limga ega bo‘lasiz.

Fizika (Rus, Ingliz, O‘zbek)

Matematika (Rus, Ingliz, O‘zbek)

Informatika (Rus, Ingliz, O‘zbek)

Ona tili va adabiyoti

Tarix

Koreys tili (O‘zbek, Ingliz)

Rus tili

Ingliz tili

Biz esa intiluvchan yoshlarni barcha oliy o‘quv dargohlariga tayyorlab, talaba bo‘lishlarida ko‘maklashamiz.

Bundan tashqari, talabalar va abituriyentlarga ingliz tili kurslari va IELTS sertifikatini olishning samarali va kafolatli tizimini taklif qilamiz (3-4 oy ichida 6-7 ball).

Bizning markazda siz:

  • IELTS (Pre-IELTS, IELTS, Master IELTS)
  • TOEFL (Internet based test)
  • CEFR B1 B2 (Abituriyentlarni DTM tomonidan ishlab chiqilgan ingliz tili imtihoniga tayyorlash)
  • General English (Umumiy ingliz tili)
  • Beginner (Boshlang‘ich daraja)
  • Elementary (Quyi daraja)
  • Pre-Intermediate (Yuqori quyi daraja)
  • Intermediate (O‘rta daraja)
  • Upper-Intermediate (Yuqori o‘rta daraja)
  • Advanced (Yuqori daraja)
  • Proficient (Eng yuqori daraja)
  • Mock IELTS ( Mavjud ) har hafta

Uzstudyʼning afzalligi nimada?

  • -O‘quv markazida abituriyentlar uchun internet tarmog‘idan foydalanish mutlaqo bepul!!!
  • -Yuqori malakali, talabchan, ko‘p yillik tajribaga ega o‘qituvchilardan sifatli darslar;
  • -Darsimiz sifatini ota-onalar ham kuzatish imkoniyatiga egadirlar;
  • -Har oyda DTM darajasidagi testlar, ya'ni oy oxirida sinov imtihonlari o‘tkaziladi;
  • -Birinchi o‘rinni egallaganlarga chegirmalar beriladi, ammo o‘zlashtira olmaganlar kursdan chetlashtiriladi;
  • -O‘quvchilarning har oydagi natijalari ota-onalarga ma'lum qilib boriladi;
  • -Ijtimoiy holatidan kelib chiqib beriladigan chegirmalar;
  • -To‘lovni istalgan usulda amalga oshirish.

Tanlovda adashmang. Kelajagingizni, baxtingizni Uzstudy orqali quring! Kelajak sizniki, marra sizniki!

Bu ayni haqiqat, aziz abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Buning uchun Siz yoki farzandingiz Uzstudy abituriyentlar maktabida 3 ta fandan tahsil olsa kifoya.

Yunusobod filiali

Manzil: Osiyo ko‘chasi, 15-uy,

Mo‘ljal: “Minor” metro bekati yonida, Yunusobod Xalq qabulxonasi ro‘parasida

Chilonzor filiali

Manzil: Bunyodkor shoh ko‘chasi, 23a-uy, 6-qavat,

Mo‘ljal: “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati yonida.

Telefonlar: +99899 835-26-81, +99897 410-32-24

Reklama huquqi asosida

Top