17:09 / 05.03.2021
7510

Milliy gvardiyaning uch hududda mintaqaviy o‘quv markazlari tashkil etilmoqda

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.  

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan:

Nukus shahrida Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etilmoqda;

Milliy gvardiyaning Farg‘ona o‘quv markazi Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markaziga, Dashtobod o‘quv markazi esa Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy o‘quv markaziga aylantirilmoqda. 

Mazkur mintaqaviy o‘quv markazlarida harbiy xizmatchi va xodimlarni boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda ta'minlanadi:

Milliy gvardiyaning Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi – Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun; 

Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi – Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;

Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun.

Mintaqaviy o‘quv markazlari rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida hamda boshqa vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Avvalroq, qurol olib yurish va ishlatishga ruxsatnomalar berish vakolati Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkazilayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top