Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta'lim yönalişlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşiriş markazi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Prezidentning "Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida" 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son qaroriga muvofiq, Özbekiston Badiiy akademiyasi huzurida Badiiy ta'lim yönalişlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşiriş markazi taşkil etildi, uning faoliyati 2022 yil 1 yanvardan boşlanadi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • davlat oliy va professional ta'lim muassasalari, ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san'at maktablarining tasviriy va amaliy san'at, dizayn, san'atşunoslik hamda muzeyşunoslik yönalişlari böyiça pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşiriş;
  • iqtidorli yoş professional san'at namoyandalarining bilim va könikmalarini rivojlantirişga yönaltirilgan öqitişning zamonaviy şakl va uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda ta'lim jarayonining yuqori darajada olib borilişini ta'minlaş;
  • öquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etişni hisobga olgan holda qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining öquv rejalari va dasturlarini tizimli ravişda takomillaştiriş;
  • badiiy ta'lim yönalişlaridagi pedagog va mutaxassislarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş kurslarining öquv-metodik bazasini şakllantiriş va faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda ularga taşkiliy-metodik rahbarlikni amalga oşiriş.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Markazning tuzilmasi;
  • Badiiy ta'lim yönalişlarida mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlaş haqidagi diplomning davlat namunasi;
  • Badiiy ta'lim yönalişlarida mutaxassis kadrlarning malakasini oşiriş haqidagi sertifikatning davlat namunasi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 22.06.2021 yildan kuçga kirdi.