12:14 / 17.09.2018
16765

Mirishkorlik pillakorlar bir yilda uch marta ipak qurti parvarishlamoqda

Foto: Pinterest

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi “2017-2021 yillarda pillachilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 616-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani pillakorlari bir yilda uch marta pilla ipak qurti parvarishlamoqda.

2018 yilgi bahorgi mavsumda Mirishkor tumanida 42 tonna pilla hosili yetishtirish rejalashtirilib, amalda 45,3 tonna pilla hosili tayyorlanib, reja ko‘rsatkichi 107,7 foizga uddalandi. Tumanda 2018 yilning iyun-iyul oylarida pillakor zvenolar tomonidan ikkinchi marotaba pilla ipak qurti parvarishlanmoqda.

Bugungi kunda tumandagi 90 nafar pillakor zvenochilar tomonidan avgust – sentabr oylarida uchinchi marotaba 45 quti pilla ipak qurti jonlantirilib parvarishlanmoqda. 2,3 tonna hosil olish maqsadida mirishkorlik pillakorlik tomonidan boqilayotgan har bir quti ipak qurtidan 52-54 kg kumush tola yetishtirish niyatida samarali mehnat qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top