07:23 / 25.09.2018
10918

MRB 4 ta davlat haqida katta ko‘lamli ma'lumot to‘plashi ma'lum qilindi    

Foto: Global Look Press/Alex Edelman

Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jina Xaspel boshqarmaning Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya haqida katta ko‘lamli ma'lumot to‘plash rejalari haqida ma'lum qildi. U bu haqda 24 sentabrda Luisvill universitetida ilk omma oldidagi nutqida aytib o‘tdi.   

Xaspel “eng murakkab masalalar bo‘yicha ma'lumot to‘planishi ko‘proq moliyalashtirilishiga” va'da bergan.

NBC telekanalining ta'kidlashicha, “murakkab masalalar” iborasi bu 4 ta davlatga qarshi qaratilgan razvedka faoliyati uchun shartli ibora hisoblanadi.  

“Bu murakkab davlatlarga nisbatan razvedka ma'lumotlari yig‘ishdagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan sa'y-harakatlarimiz oxirgi yillar davomida terrorchilikka qarshi kurash sababli ikkinchi planga o‘tib qolgandi”, deb qo‘shimcha qilgan Xaspel.

Xaspel MRB direktori lavozimiga may oyida tayinlangan. U boshqarmaga rahbar bo‘lgan ilk ayol hisoblanadi. Bungacha Xaspel MRB direktorining maxfiy operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 

Top