Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning o‘z muammolari tufayli Grenlandiya bilan ishi yo‘q – Peskov
Biz maxsus harbiy operatsiya, iqtisodiy rivojlanish bilan shug‘ullanishimiz, demografiyani to‘g‘rilashimiz, mahalliy elektronikaning rivojlanish darajasini oshirishimiz lozim, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Rossiyaga Grenlandiya va Donald Trampning orolni qo‘shib olish niyati qiziq emas, dedi mamlakat prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«Bizning o‘z ishimiz ko‘p. Biz o‘z manfaatlarimizni himoya qilishimiz kerak. Biz maxsus harbiy operatsiya, iqtisodiy rivojlanish bilan shug‘ullanishimiz, demografiyani to‘g‘rilashimiz, mahalliy elektronikaning rivojlanish darajasini oshirishimiz lozim», dedi Peskov.
Bungacha AQSh prezidenti Vashington Grenlandiyani Rossiya yoki Xitoy egallab olmasligi uchun uni o‘z nazoratiga o‘tkazishi kerakligini aytgandi.
Trampning talabi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan munosabatlarda inqirozni keltirib chiqardi. O‘z navbatida, Vladimir Putin orol atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga Moskvaning aloqasi yo‘qligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Daniya avvalroq Rossiya Vashingtonga Alyaskani berganidek, AQShga Grenlandiyani sotishi mumkin. Shu bilan birga, u Daniya orolga har doim mustamlaka sifatida munosabatda bo‘lganini ta’kidladi - «shafqatsiz bo‘lmasa ham, juda qattiq».
Grenlandiya Daniya Qirolligi tarkibidagi avtonom hudud hisoblanadi. Uning hududida 56 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Orolni AQShga qo‘shib olish g‘oyasiga Yevropa davlatlari ham, Grenlandiya hukumati ham qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026