15:48 / 27.09.2018
7693

Germaniya TIV rahbari Trampning shiorini tanqid qildi

Foto: AP

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning «Amerika hammasidan ustun» shiori jahondagi muammolarni hal qilishda hech qanday foyda bermaydi. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

Maasning so‘zlariga ko‘ra, Tramp tomonidan aytilgan prinsipda zamonaviy vaziyat hisobga olinmagan hamda u hozirgi muammolarga javob bo‘la olmaydi. U, jumladan, Qo‘shma Shtatlarning o‘ziga ham mos kelmaydi, sababi iqlim o‘zgarishi, globallashuv va raqamli texnologiyalar kabi hodisalar chegaralarni hisobga olmaydi.

«Biz bu chaqiriqlarni faqatgina xalqaro hamkorlik yordamida yo‘q qilishimiz mumkin», - deya qayd etib o‘tdi Maas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Yevroittifoq sanksiyalar siyosati bo‘yicha qanday pozitsiyada ekanini bildirgandi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning ma'lum qilishicha, Yevropa ittifoqi sanksiyalar va bojlardan tashqi siyosat vositasi sifatida foydalanishni ma'qullamaydi.

Mavzuga oid
Top