Germaniya taşqi işlar vaziri Xayko Maasning ma'lum qilişiça, Yevropa ittifoqi sanksiyalar va bojlardan taşqi siyosat vositasi sifatida foydalanişni ma'qullamaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Xalqaro munosabatlarda tuzilmaviy özgarişlar röy bermoqda, barça tomonlar xalqaro munosabatlarning birgalikda işlab çiqilgan prinsiplarini himoya qilişlari kerak. Yevropa ittifoqi taşqi siyosat vositasi sifatida sanksiyalar va bojlardan foydalanişni ma'qullamaydi», - dedi Maas XXR taşqi işlar vaziri Van I bilan uçraşuv vaqtida.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Germaniya va Xitoyning pozitsiyasi erkin savdo, iqlim özgarişi hamda Eron yadroviy muammosi böyiça bir-biriga öxşaşdir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel öz xatolaridan afsuslanayotgani xabar qilingandi.