8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

14:01 / 11.10.2018 28721

Soch to‘kilishining asosiy 5 sababi!

Foto: MinoX

Soch to‘kilishi qarish bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayon bo‘lishiga qaramay, dunyoga mashhur “Medical News Today” jurnali ma'lumotlariga ko‘ra, ayni davrda dunyo bo‘ylab 50 foiz erkaklar biron bir turdagi soch to‘kilishi vajidan aziyat chekmoqda. Albatta, ayni davrda siz ham o‘z sochlaringizning siyraklashib qolganidan xavotirdadirsiz, lekin ko‘nglingizni xotirjam qilish uchun aytishimiz mumkinki, inson o‘z sochlarining 50 foizidan ko‘prog‘ini yo‘qotmagunicha, boshqalar nazarida u inson “kal” sifatida ko‘rinmaydi.

Hali ham vaqt va imkon bor!

TM Minox mutaxassislari sizga soch to‘kilishining juda oddiy, lekin asosiy va muhim sabablarini aytib o‘tadilar.

Foto: MinoX

Stress

Biron holatdan xavotirlanish yoki siqilish. Aksariyat hollarda, o‘rta yoshdagi insonlarda soch to‘kilishiga davomiy uyqusizlik, depressiya yoki asabiylashish sabab bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi soch tolalarining o‘sishini sekinlashishiga yoki umuman to‘xtashiga olib keladi. Bunda soch follikullari butunlay o‘lgandan keyin, ya'ni siqilishdan bir necha hafta o‘tgandan keyin to‘kilishni boshlaydi. Shu sababli, psixik va emotsional holatga alohida e'tibor qaratish, asabiylashishga sabab bo‘ladigan har xil holatlardan va kayfiyatga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan omillardan qochish soch to‘kilishining oldini olish uchun juda ham zarur hisoblanadi. Batafsil... 

Foto: MinoX

Noto‘g‘ri ovqatlanish

Tanamizda oziq moddalarning yetishmasligi soch to‘kilishining yana bir asosiy omillaridandir. Ko‘pgina yoshlar parhez qilish maqsadida yoki oshqozon muammolari sababidan go‘sht mahsulotlaridan o‘zlarini tiyadilar. Oqsillar sochlar hayotiyligining asosiy manbai hisoblangani bois go‘sht va go‘shtga muqobil ozuqalar bilan, avvalo, doimiy o‘zimizni va sochlarimizni oziqlantirib turishimiz zarur. Umumiy holda, kishi organizmi yetarlicha vitaminlarni qabul qilmasa, albatta, buning asorati tezdagina soch, tirnoq, tish kabilarda o‘zini namoyon etadi. Batafsil...

Jigar muammolari

Inson jigarining sog‘lomligi kishi husnini belgilovchi omildir. Inson jigari faoliyati va inson terisidagi “sebum”, ya'ni terini yog‘lab turuvchi modda darajasi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Inson yoshi o‘tgani sari, jigar faolligi sustlashib boradi. Bu sustlashish to‘g‘ri ovqatlanmaslik, alkogol iste'moli, dori vositalari iste'moli, chekish va ifloslangan havodan nafas olish ta'sirida yanada kuchayib boradi. Shuning uchun, inson jigari muammolarining daf etilishi, o‘z o‘rnida teri va soch sog‘lomligini kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Toksinlar

Toksinlar nima? Bular past darajadagi konsentratsiyalarda tanaga zarar yetkazadigan biologik yoki kimyoviy moddalardir. Metall toksinlar hozir juda keng tarqalgan. Toksik ta'sirlarning eng keng tarqalgan manbalaridan biri bu ommaviy ifloslanishdir. Havo ifloslanishidan, ayniqsa, soch follikullari aziyat chekadi: sochlar noziklashadi va sinuvchan bo‘lib qoladi. Tadqiqot natijalari, so‘nggi ming yillikda ayollar sochlarining to‘kilishi shaharlararo tarqalgan toksinlar bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Tutun, qo‘rg‘oshin, nikel va oltingugurt dioksidi kabi toksinlarning aksariyat turlari ta'siri shahar aholisiga qimmatga tushmoqda.

Sigaret tutunidagi toksinlar teriga, tirnoqlarga, tishlarga va hatto soch o‘sishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Aniqroq aytganda, sog‘lom sochlarga erishish uchun ushbu odatni imkon qadar tezroq yo‘q qilinishi tavsiya etiladi.

Bosh terisidagi qon aylanishining sustligi

Soch o‘sishi uchun ozuqa moddalari zarur va ushbu ozuqa moddalari bosh terisiga kapillyar mayda qon tomirlari orqali yetkaziladi. Agar kichik kapillyar qon tomirlari orqali sochga o‘tadigan qon miqdori kamaysa, sochni yaralishida zarur bo‘lgan moddalar ham kamayadi. O‘z-o‘zidan qon oqimining kamayishi sochlarning tezkor qarishiga sabab bo‘ladi. Bu holatni inson qarigan sari uning terisi kapillyarlarida qon kamayishi natijasida sochlari to‘kilishi bilan ham tushuntirish mumkin. Chekish, atrof-muhit ta'sirlari, noto‘g‘ri ovqatlanish va boshqa omillar bosh terisidagi qon  hajmini kamaytiradi. Asosiy qarshi chora sifatida sport bilan shug‘ullanish, bosh terisini massaj qilish kabilarni qo‘llash mumkin.

Bundan tashqari soch to‘kilishiga irsiyat, kamqonlik, ba'zi turdagi dori vositalarining muntazam iste'moli, atrof-muhitning agressiv omillari ta'siri, qalqonsimon bezning turli kasalliklari ham sabab bo‘lishi mumkin.

Agar Sizga sochlar bo‘yicha shifokorning yordami zarur bo‘lsa, TM Minox mutaxassislari +99895 142 08 01; +99895 143 08 01; +99871 200 08 01 raqamlari orqali Sizga o‘zlarining BEPUL tavsiya va yo‘llanmalarini berishga tayyor!

Foto: MinoX

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va soch yechimlari bo‘yicha eng yangi ma'lumotlardan xabardor bo‘ling:

TeLeGRAM, FACEBOOKODNOKLASSNIKIINSTAGRAM 

Telegram buyurtma: TeLeGRAM

Elektron pochta: info@minox.uz

BIZ SIZGA KO‘MAK BeRIShDAN MAMNUNMIZ.

Reklama huquqi asosida

Teglar

Top