Layfxaker parijlik maşhur kolorist Kristof Robin maslahatlarini taqdim etdi. Kristof Robin Hollivudning köplab yulduzlari bilan birga işlagan. U soçlarga aql bovar qilmas hajm va jilo berişni biladi.

Foto: Fotolia

1-qadam

Soçlar yuvilganidan keyin oson taralişi uçun ularni yuvişdan oldin ham tarang. Kristof Robin dastlab soçlar uçini, keyin ildizini taraşni maslahat beradi.

2-qadam

Soçlar uçiga biror tabiiy yoğ suring va ularni yana tarang. Toza bodom va argan yoği mos keladi. Uni bir keçaga soçlarda qoldiriş kerak, biroq 15 daqiqa bilan ham çeklansa böladi. Kristof konditsionerdan foydalanişni tavsiya qilmaydi, çunki u soçlarni oğirlaştiradi.

3-qadam

Soçingiz turiga mos keladigan şampundan foydalaning.

Kolorist böyalgan soçlarni sulfatsiz şampun bilan yuviş yaxşiroq ekanini sezgan. Sulfatli şampunlarni esa böyalmagan va yoğli soç egalari qöllaşlari mumkin. Jingalak soçlilar esa şampun örniga tozalovçi konditsionerdan foydalanişlari kerak. Çunki bunday soçlar quruqlikka moyil böladi.

Kristof Robinnnig fikriga köra, köplab ayollar şampunni juda köp işlatadilar «Taxminan bir çoy qoşiq yetarli böladi», - deydi u. Şampunni köpiklaştiring va uni barmoqlar bilan (tirnoqlar bilan emas) soç uçlariga işqalang. Soç ildiziga tegmang. Soçlarga hajm beriş va qon aylanişini yaxşilaş uçun boşni pastga tuşirgan ma'qul.

4-qadam

Şampunni yaxşilab yuvib taşlang. «Aslida köpçilik bu jarayonga yetarli vaqt ajratmaydi va yuviş vositasini butunlay yuvib taşlamaydi», - deydi Kristof. – Soçlar tozaligidan ğiçirlaşi kerak».

5-qadam

Agar konditsionerdan foydalanişni istasangiz, uni faqat soçlar uçiga surting. Kristof Robin haftasiga bir marta çuqur konditsionerlar uçun soçlar uçun niqobdan foydalanişni tavsiya qiladi. Niqobni soç turidan kelib çiqqan holda tanlang.

6-qadam