Sochlar holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan mahsulotlar
Sochlaringiz xira tortib, to‘kilishni boshlagani, hajm va quvvatni yo‘qotganini sezdingizmi? Maqolada ularga ilgarigi jilo va kuchni qaytarishda yordam beradigan mahsulotlar haqida so‘z yuritamiz.
Sochlar tashkil topgan hujayralarga oqsil va vitaminlar zarur. Ovqatlanishni cheklash (qat'iy parhez) hatto sochlarning to‘kilishiga ham olib kelishi mumkin.

Sochlar holatini yaxshilash uchun asosiy ratsionga quyidagilarni qo‘shish lozim:
A vitamini;
temir;
B6 va B12 vitaminlari;
omega-3;
magniy;
sink;
selen.
Agar ratsioningizdagi vitaminlar miqdori yetarli bo‘lsa, sochlarning yomon tashqi ko‘rinishi ichki organlar kasalliklaridan darak berishi mumkin. Bu holatda shifokorga murojaat etish lozim.

Yong‘oqlar
Aynan yong‘oqlarda sochlar to‘kilishini to‘xtatish va ularning o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydigan yog‘ kislotalari bor.
Ismaloq
Ismaloq tarkibida foliy kislotasi, temir, shuningdek A va S vitaminlari bor. S vitamini kollagen ishlab chiqarilishida ishtirok etadi, demak sochlarni mustahkamlashda yordam beradi.
Mol go‘shti
Qizil go‘sht tarkibida temir va Omega 3 ko‘p miqdorda.
Tuxum
Tuxum oson hazm bo‘luvchi oqsil manbai bo‘lib, u sochlar uchun juda zarur.
Go‘shti qizil baliq (losos)
Ushbu baliq turi juda yog‘li, D vitaminiga boy. U sochlarni oziqlantirish va chiroyli ko‘rinishiga yordam beradi.
Mavzuga oid

07:36 / 23.09.2022
Toshkentda soch uzunligi uchun maktab o‘quvchisi ota-onasi 1,5 million so‘m jarimaga tortildi

14:23 / 10.05.2021
Muammoli sochlar: ularni uy sharoitida davolash mumkin

17:00 / 20.06.2019
Sochlar uzoq vaqt toza va serjilo bo‘lishi uchun ularni qanday yuvish kerak?

14:28 / 14.01.2019