Bu haqda «Potrebitel.uz» guruhida xabar berildi.

Guruh ma’murlari Vazirlar Mahkamasining «Davlat ta’lim muassasalari öquvçilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori haqida eslatib ötgan.

Bu hujjatda öğil bolalarning soçi 2-3 sm uzunlikda bölişi kerakligi körsatilgan. Bundan taşqari, pirsing, tatuirovka, soqol va soçni yorqin ranglarga böyaş taqiqlangan.

Qizlar uçun pirsing, tatuirovka, makiyaj, uzun tirnoqlar, tirnoqlar böyoği, uzuklar, 3 smdan ortiq poşnali oyoq kiyimlari, bir quloqqa bir neçta sirğa taqiş taqiqlangan va yubka uzunligi tizzadan 5-15 sm pastda belgilangan.

«Potrebitel» foydalanuvçilari xabariga köra, ota-onalar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalaş va öqitiş böyiça majburiyatlarni bajarmaslik) böyiça jarimaga tortilgan.

Yuqoridagi moddada qayd etilişiça, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va öqitiş böyiça majburiyatlarini bajarmaslik, şu jumladan voyaga yetmagan şaxs tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilişiga olib kelgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi (300 ming sömdan 1,5 million sömgaça).

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentdagi maktablardan birida direktor va içki işlar organi xodimi soçi uzun öquvçilarning soçini oliş niyatida ekanliklarini aytgan edi.