Soçlarim mustahkam bölsin desangiz...
Iqlim özgarişi natijasida soçlarning tökilişi, sinişi va qazğoq paydo bölişi kabi holatlar tez-tez kuzatiladi. Bu muammolarni bartaraf etiş uçun uy şaroitida ham köpgina muolajalarni amalga oşiriş mumkin.
Buning uçun ikkita tuxum sariğiga yarimta limon şarbati va beş tomçi repey (çakamuğ) yoği (dorixonalarda mavjud) tomizib, aralaştiriladi. Aralaşmani soçlarning butun uzunligi böylab surtib, 20 daqiqaga qoldiriladi. Yuvib taşlangan soçlar xona haroratida quritiladi. Bu muolajani har sakkiz kunda bir marta amalga oşiriş kerak. Bu niqob soçlarni mustahkamlab, ularning jilolanişini ta'minlaydi. Soç tökilişi va sinişiga qarşi kuraşda samarali.
Gullagan soçlarni bartaraf etamiz
Köpçilik soçi uzun bekalarimiz aynan şu muammodan aziyat çekişsa ajabmas. Buni bartaraf etişning ham turli yöllari mavjud.
Buning uçun 500 g qiçitqi ötning ustidan yarim litr qaynab turgan suv quyiladi. Sovitib, dokadan ötkazib olinadi. Damlamani toza soçlar ildiziga surtib, yarim soatdan söng yuvib taşlanadi. Bu niqob soç ildizini mustahkamlaydi va soçning tökilişiga yöl qöymaydi. Muolajani haftada bir marta qaytariş kerak.
Bir oşqoşiq oqqayin bargining (dorixonalarda mavjud) ustidan yarim litr qaynab turgan suv quyiladi. 2 soatdan söng dokadan ötkazib olinadi. Bu damlamani har safar soçlar yuvilgandan söng, soç ildiziga yaxşilab surtiladi. Uşbu niqob qazğoqqa barham beriş bilan bir qatorda, soçlarning qalin va serjilo bölişini ta'minlaydi.
Bir çoy qoşiqdan asal, smetana, kanakunjut moyi va ikki bölak ezilgan sarimsoqpiyoz aralaştiriladi. Bu vosita soçlaringizdagi qazğoqlarni kamaytirişda samarali yordam beradi. Mazkur niqobdan haftada bir marta foydalanişingiz mumkin.
Soçlarni serjilo qiliş usullari
Bu töğrida turli xil tavsiyalar mavjud. Ularning sinovdan ötgan va foydalilari quyidagilar:
Yarim litr kefir, bir çoyqoşiq asal, bir çoyqoşiq ösimlik yoğini aralaştirib, soçlarga surting. Söng qalpoqça kiyib, soçiq bilan örab qöying. Yarim soatdan keyin soçlaringizni iliq suvda yuvib taşlang. Uşbu niqobni bir haftada bir marta takrorlaş tavsiya qilinadi. Ular soçlaringizni serjilo qilişda muhim vositalardan hisoblanadi.
Oq piyozni qirğiçdan çiqarib, soçga 1 soat davomida surtib qöyiladi. Soçga surtib qöyilgan piyozli massani iliq suvda yuvib oling. Beş daqiqadan söng, şampun yordamida yuvib taşlang. Uşbu niqob soçlarni mustahkamlab qolmay, ularga mayinlik va jilo baxş etadi.












