09:42 / 13.10.2018
94136

Habib Nurmagomedov o‘ziga kelib tushgan taklif haqida ma'lum qildi

Foto: Getty Images

Yengil vazn toifasida Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedovning ma'lum qilishicha, unga WWE restling-promoushndan taklif kelib tushgan.

«WWE ularga kelishni so‘radi. Yigitlar, sizlar nima deb o‘ylaysiz?» - deya yozgan Habib tvitterdagi sahifasida. U postiga #SmashLesnar (Brok Lesnarni do‘pposlash) va #FakeFights (haqiqiy bo‘lmagan janglar) xeshteglarini ham qo‘shib qo‘ydi.

6 oktabr kuni Las-Vegasda Nurmagomedov UFC 229 musobaqasi doirasida yengil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qildi. Kechaning asosiy jangida u irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzon Qodirov Habib Nurmagomedovga mashina sovg‘a qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top