Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilişiça, Ahmad Hoji Qodirov nomidagi jamğarma Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) çempioni Habib Nurmagomedovga irlandiyalik Konor Makgregor ustidan ğalaba qozongani munosabati bilan maşina sovğa qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Şuningdek, siyosatçining öz telegram-kanalida qöşimça qilişiça, Grozniy hokimi Ibrohim Zakriyev jangçiga «Grozniy şahrining faxriy fuqarosi» unvonini berdi.
Rossiyalik jangçining otasi va murabbiysi Abdulmannop Nurmagomedovga «Çeçeniston Respublikasida xizmat körsatgan jismoniy tarbiya sohasi xodimi» unvoni berildi.

Nurmagomedov va Makgregor örtasida örta vazn toifasidagi çempionlik kamari uçun jang 6 oktabr kuni Las-Vegas şahrida ötkazilgan UFC 229 musobaqasida bölib ötdi. Rossiyalik jangçi törtinçi raundda böğiş uslubi bilan öz raqibini taslim etdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov bilan jang paytida undan uzr söragani xabar qilingandi.













