00:49 / 27.10.2018
10804
AQShda portlovchi qurilmalarni jo‘natgan kimsaga 58 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin
Foto: AP/ Max Becherer

AQShda pochta orqali portlovchi qurilmalarni jo‘natgan kimsa 5 ta band bo‘yicha ayblanmoqda va unga 58 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin. Bu haqda AQSh bosh prokurori Jyeff Seshns ma'lum qildi. 

Avvalroq huquq-tartibot idoralari AQSh prezidenti Donald Trampga muxolif bo‘lgan taniqli odamlar, jumladan sobiq prezident Barak Obama, Bill va Hillari Klinton, milliarder Jorj Soros, aktyor Robert De Niroga portlovchi qurilmalar solingan jo‘natmalarni yuborishda gumonlangan kimsa qo‘lga olinganini ma'lum qilishgan. Ayni vaqtga kelib shunday jo‘natmalardan 12 tasi qo‘lga kiritilgan.  

Gumonlanuvchi 56 yoshli Tsezar Sayok ismli shaxs bo‘lib, uning surati OAV tomonidan tarqatilgan. Ma'lum qilinishicha, gumonlanuvchini xususan DNK-belgilar evaziga aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. 

Top