20:12 / 29.10.2018
8887
Suares Klasiko tarixidagi gollari bo‘yicha Ronalduga yetib oldi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares La Liga 11-turida «Real» (5:1) darvozasini uch marta ishg‘ol qildi.

Natijada, urugvaylik to‘purar Ispaniya chempionati doirasidagi Klasikoda urgan gollar soni bo‘yicha «Real»ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi. Har ikkalasining hisobida 9ta to‘p bor.

Bleacher Report Football xabariga ko‘ra, Ispaniya chempionatining asosiy qarama-qarshiligida 9ta gol urish uchun Suares 9 marta maydonga tushgan, Krishtianu Ronaldu esa bu ko‘rsatkichga 18ta o‘yinda erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati doirasidagi Klasikoda eng  ko‘p gol urgan futbolchi «Barselona» hujumchisi Lionel Messi hisoblanadi - 18ta.

Top