«Real» Ispaniya çempionatida muddatidan oldin ğolib böldi. Avvaliga jamoa uyda «Kadis»ni yirik hisobda mağlub etdi (3:0), keyin esa «Barselona» «Jirona»ga yutqazdi (2:4) va mavsum yakuniga tört tur qolganida Karlo Ançelotti jamoasini quvib yetadigan raqib qolmadi.
«Real»ning bu muvaffaqiyati raqamlarda.
Bu madridliklarning 36-çempionligi böldi. Ta’qibçilar ança ortda qolib ketişgan: «Barselona»da 27, «Atletiko»da 11, boşqalarda – öntadan kamroq. «Real» sönggi 12 mavsumda çempionatda tört bor ğolib çiqdi. Ammo 2007 va 2008 yillar mavsumidan buyon hozirça qatorasiga ikki çempionlikka erişilmagan – kelgusi mavsumda buning uçun navbatdagi uriniş amalga oşiriladi.
«Real» ötkazib yuborilgan gollar soni böyiça ajoyib mavsum ötkazdi – 34 öyinda atigi 22 bor. Quruq öyinlar soni – 18 ta, bu jami öyinlarning yarmidan köproq. Jamoa sönggi bor bundan kamroq gol ötkazişi 1968/69 yillar mavsumida kuzatilgan – 21 gol, ammo öşanda öyinlar soni ham atigi 30 ta bölgan.
Urilgan gollar soni böyiça (hozirça 74) u qadar yuqori körsatkiç qayd etilmayapti (masalan, 2011/12 yillar mavsumida 121 gol urilgandi), lekin «Real» mavsumdagi deyarli barça öyinlarni golsiz tark etmagan. Faqat «Rayo Valekano» bilan öyin bundan mustasno (0:0). Jamoa yaqin tarixda ham köp gol urmasdan çempionatda ğolib böla olgandi – 2019/20 yillar mavsumida 70 gol bilan.
«Real» – çempionatning eng tomoşabop öyin körsatgan jamoasi emas. Uning iştirokidagi öyinlarda örtaça 2,83 tadan gol urilgan, beşta jamoada esa bu körsatkiç uçtadan yuqori.
«Real» faqat bitta öyinda yutqazdi – ötgan yil sentabrida «Atletiko»ga qarşi öyinda 1:3 hisobida. Şundan keyin 28 uçraşuvda mağlubiyatga uçralmadi. «Real» La Ligada mavsumni minimal miqdordagi mağlubiyat bilan ötkazişi sönggi bor 1989 yilda kuzatilgandi – öşanda faqat «Selta» bilan öyin boy berilgan.
«Real» uy öyinlarini kuçli ötkazdi – uy uçraşuvlarida yutqazmagan yagona jamoa 17 öyindan faqat ikkitasida oçko yöqotgan («Rayo Valekano» bilan 0:0, «Atletiko» bilan 1:1). Holbuki ötgan mavsumdagi uy öyinlari ança qiyin keçgandi – 19 öyinda olti bor oçko yöqotilgan.
Qiziqarli körsatkiçlardan biri «Real» – birinçi bölimlar böyiça eng yaxşi jamoa emas. Bu borada «Atletik» yaqqol ustun. Ammo çempionlar tanaffusdan keyin öyinini kuçaytira olgan: 34 ta öyinning 26 tasida ikkinçi bölimlarda ustunlik qilgan.
Jamoaning uç futbolçisi la liga mavsumidagi gollar soni böyiça önlik nuqtadan ötgan – Rodrigoda 10, Vinisiusda 13, Jud Bellinghemda 18. Gol+pas böyiça ham Jud yetakçi – u 18+4 körsatkiçiga ega.
«Real» muxlislari «Barselona»ga qarşi prinsipial uçraşuvlar natijasidan mamnun – ularda ikki ğalabaga erişilgan (Superkubokda esa yirik hisob qayd etilgan), ammo «Atletiko»ga qarşi öyinlar öxşamagan (olti imkoniyatdan faqat bir oçko olingan, Superkubokda 5:3 hisobida ğalaba – ammo Kubok öyini erta tark etilgan).
Luka Modriç «Real» bilan 25-sovrinini qölga kiritdi, Dani Karvaxal va Naço – 24-, Toni Kroos – 21-sovrinni. Karlo Ançelottining murabbiylik faoliyatidagi sovrinlari soni – 27 titul. Florentino Peres 34 sovringa ega. Va bu «Real» prezidentlari orasidagi rekord.
La Liga, 34-tur
«Real» — «Kadis» 3:0
Gollar: Dias (51), Bellinghem (68), Xoselu (90+4).
«Real» – Kurtua, Karvaxal, Naço, Militao, Fran Garsiya, Modriç, Seballos, Kamavinga (Valverde, 80), Dias (Vinisius, 73), Guler (Bellinghem, 66), Xoselu.
«Kadis» – Ledesma, Saldua (Karselen, 66), Fali Ximenes, Viktor Çust, Xavi, Navarro (Alexo, 84), Aleks Fernandes (Pires, 66), Alkaras, Eskalante, Ramos (Xuanmi, 75), Sobrino (Maksi Gomes, 75).
Ogohlantiriş: Saldua (38).
«Jirona» — «Barselona» 4:2
Gollar: Dovbik (4), Portu (65, 75), Gutiyerres (67) — Kristensen (3), Levandovski (45+1, penalti).
«Jirona» – Gassaniga, Erik Garsiya, Blind, David Lopes (Portu, 65), Migel Gutiyerres, Aleiş Garsiya, Errera, Martin, Tsigankov (Yan Kouto, 65), Savio (Fernandes, 86), Dovbik.
«Barselona» – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Kanselu, Serxi Roberto (Romeu, 79), Kristensen (Pedri, 69), Gundöğan, Lopes (Rafinya, 69), Yamal (Joau Feliks, 84), Levandovski (Ferran Torres, 79).
Ogohlantirişlar: Kunde (28), Arauxo (39), Roberto (43).












