10:20 / 07.11.2018
6320
Xalqaro universitetlar talabalari: Biz Opal English o‘quv markazini tavsiya qilamiz

Opal English — Toshkent shahridagi eng obro‘li o‘quv markazlardan biri ekanligi va ko‘plab yoshlarning talaba bo‘lish orzusini ro‘yobga chiqarayotgani bilan ko‘pchilikka tanish. Yangiliklar saytlarida ham bir necha yillardan beri o‘quv markazimiz haqida ma'lumotlar berib boramiz.

Bu safar ham bizda ta'lim olib, O‘zbekistondagi xalqaro ta'lim dargohlarining talabasi bo‘lgan o‘quvchilarimizning fikrlarini siz bilan bo‘lishishga qaror qildik. Quyida ularni o‘qishingiz mumkin:

Nazarova Umida (TTPU)

Foto: Opal English 

Yodju (YTIT) va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga General English bo‘yicha imtihon topshirib, o‘qishga qabul qilindim. Ingliz tilini o‘rganish uchun Opal English o‘quv markazini tanlaganman va bundan xursandman, chunki ularning, ayniqsa ustozimiz janob Hamidning darslari sabab ingliz tili darajamni Pre-Intermediate’ga chiqarib oldim. Endi esa IELTS bo‘yicha shu markazda tayyorlanib, kamida 7 balli natijani qo‘lga kiritmoqchiman.

G‘ofurjonov Orifjon (MDIST)

Opal English o‘quv markaziga may oyida kelgandim. Imtihonlargacha esa juda qisqa vaqt qolgandi va o‘sha paytda bilim darajamni tekshirish maqsadida olingan sinov testida Elementary bosqichida ekanligim ma'lum bo‘lgandi. Rostdan ham ingliz tilida boshlang‘ich darslarni bilardim faqat.

Ammo talaba bo‘lishni juda ham xohlaganim va Opal English o‘quv markazi men uchun to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatib (tahr. Unga markaz tomonidan General ENglish va IELTSni bir vaqtda o‘qib borish, har kuni 9:00dan 22:00gacha markazda ingliz tilini o‘rgatish taklif qilingan), sharoit yaratib bera olgani, ustozimiz janob Ismoilning haftada har kun, kun bo‘yi men bilan ishlay olganlari sabab, IELTSdan 5,5 ballni qo‘lga kiritib, TTPU, YTIT va MDIST talabasiga aylandim.

Hozirda MDISTda o‘qimoqdaman va Opal English o‘quv markaziga qatnab, IELTS darajamni yanada yuqoriroq qilishni istayman.

Barotova Shahodatxon (MDIST)

Bir necha yil davomida o‘qishga kirishga juda qiynalganman. Agar Opal English yordamida orzularim amalga oshishini bilganimda, eng avval shu markazda ta'lim olgan bo‘lardim. Imtihonlargacha 3 oy qolganda Opal English haqida eshitib qoldim va shu yerda o‘qishga qaror qildim. Bu esa men uchun juda foydali bo‘ldi. Hozirda MDIST talabasiman.

Abdurahmonova Zulayhobonu (WUIT)

Foto: Opal English 

Toshkent shahridagi Vestminster universitetining talabasi bo‘lish eng katta orzularimdan biri bo‘lgan. Shuning uchun eng ko‘p tavsiya qilingan Opal English markazida IELTS imtihonlariga tayyorlana boshladim va 5 oylik ta'lim — mening WUIT talabasi bo‘lishimga yetarli bo‘ldi.

Haydaraliyeva Ziyoda (WUIT)

Foto: Opal English 

Men ham WUIT talabasiman. Opal English o‘quv markazida 4 oy IELTS imtihonlariga tayyorlandim. Bungacha esa boshqa o‘quv markazlarda o‘qiganman, lekin ular bilan o‘zim istayotgan darajaga erishishimga ko‘zim yetmagan. Opal English o‘quv markazi esa birinchi darslaridanoq — ularni tanlab adashmaganimni ko‘rsatdi. IELTSdan yuqoriroq balli sertifikat olish uchun yana o‘qishimni davom ettirmoqchiman.

Jahongirova Gulnora (YTIT)

Foto: Opal English 

Men Opal English o‘quv markazida 1 yil davomida o‘qiganman. IELTS imtihonlari uchun esa 5 oy o‘qidim va hozirda Yodju (YTIT) talabasi bo‘ldim. Opal English xuddi bir katta oiladek, bu yerda nafaqat o‘qiging, balki doim qolging keladi. Shu uchun o‘qishdan bo‘sh vaqtimda, boshlovchi guruhlarga dars o‘tish uchun shu markazda ish faoliyatimni ham boshladim. Bundan juda ham xursandman.

Foto: Opal English 

Eslatib o‘tamiz, Opal English o‘quv markazida quyidagi yo‘nalishlarda darslar olib boriladi:

• General English — ingliz tilini boshlovchilar, davom ettiruvchilar yoki shu tilni o‘rganishni xohlaydiganlar va IELTSga boshlang‘ich tayyorlanishni xohlovchilar uchun;

• IELTS darslari — IELTS sertifikatini olish uchun imtihonlarga tayyorlash darslari. Bunda boshlang‘ich til bilish darajasi va qanday natija, qancha muddatda erishish kerakligiga qarab, guruhlar belgilanadi va shu yo‘nalishda darslar o‘tiladi;

• Ingliz tiliga ixtisoslashgan matematika — WUIT, MDIST, IUT, TTPU, YTIT kabi O‘zbekistondagi xalqaro universitetlarga imtihon topshiruvchi talabalar tayyorlanadi;

• Bolalar uchun ingliz tili — turli o‘yinlar asosida, bolalarda ingliz tili o‘rganishga mehr qo‘yish hamda yoshi kattalardek professional tayyorlashga e'tibor qaratiladi.

Shuningdek, Opal English o‘quv markazida turli xil qo‘shimcha imkoniyatlar ham mavjud. Masalan, yuqori natijalar qayd etayotgan o‘quvchilarga bepul ta'lim olish imkoniyati, shanba va yakshanba kunlarda qo‘shimcha darslar, Speaking hamda Debate Club va boshqalar.

• Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani;

• Mo‘ljal: «Chilonzor» metro bekati va Kasbino supermarketi;

• Telefonlar:

+998951988666
+998971553800

Foto: Opal English 

Reklama huquqi asosida
Xizmatlar litsenziyalangan
Opal Education nodavlat ta'lim muassasasi xizmat ko‘rsatadi

Top