8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

20:50 / 09.11.2018 8841

«Neftchi» «So‘g‘diyona»ga yutqazdi va Superligani tark etdi

Superligada 30-turdan o‘rin olgan ikkita o‘yin yakunlandi. 

«Neftchi» o‘z maydonida «So‘g‘diyona» bilan bellashdi va o‘yin oxirida penaltidan gol o‘tkazib, 0:1 hisobida yutqazdi.

OKMK o‘z uyida «Qo‘qon-1912»ni qabul qilib, kutilmaganda 1:3 hisobida yutqazdi.

Bu natijalardan so‘ng, ligada qolish uchun kurashayotgan jamoalar guruhida «Qo‘qon-1912» 24 ochko bilan 3-o‘rinni, OKMK va «So‘g‘diyona» 23 ochko bilan 4 va 5-o‘rinni egallab turibdi. «Neftchi» esa 17 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolishi va Superligani tark etishi aniq bo‘ldi, chunki qolgan 2 turda jamoa 6 ochko jamg‘arib, OKMK va «So‘g‘diyona»ga yetib olsa ham, o‘zaro o‘yindagi natijalarga ko‘ra ulardan pastki pog‘onani egallaydi.

Superliga, 30-tur
9 noyabr, 

OKMK – «Qo‘qon-1912» 1:3
Gollar: Muzaffar Muzaffarov (2) - Oybek Rustamov (49), Behruz Sa'dulloyev (64), Suhrob Berdiyev (83)

«Neftchi» - «So‘g‘diyona» 0:1 
Gol: Nikola Milinkovich (88 pen)

Top