Superliga 16-turi doirasidagi «Neftçi» - «Söğdiyona» (0:0) öyinida noxuş holatlar kuzatildi.

Farğonadagi «Istiqlol» stadionida 14 600 nafar tomoşabin qarşisida ötgan uçraşuv ança asabiy ruhda ötib, boş hakam Rustam Lutfulin tomonidan öyin iştirokçilariga jami 11ta sariq kartoçka körsatildi, mezbonlar öyinçisi uçraşuv yakunida maydondan çetlatildi. 

Öyin davomida jizzaxliklar darvozaboni Milan Mitroviç darvoza ortidagi töpni olib beruvçi yoş bolalarga öta qöpol munosabatda böldi. Serbiyalik golkiper unga tegişli bölgan suv idişini qidirib, bolboylarni sökdi, operator qarşisida quyuşqondan çiqib ketdi.

Öyindan keyin esa mahalliy muxlislar tomonidan uçraşuv hakamlari va mehmon jamoa a’zolariga qarata turli buyumlar uloqtirildi.

Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Farğonadagi holatlar böyiça bayonot berib, 35 yoşli serbiyalik darvozabonning keng jamoatçilikning muhokamasiga sabab bölgan harakatlari örganilib, aybdorlarga tegişli çoralar körilişini ma’lum qildi.

«Superliga 16-turidan örin olgan «Neftçi» - «Söğdiyona» (0:0) uçraşuvi davomida mehmon jamoa darvozaboni Milan Mitroviç stadionda faoliyat olib borayotgan xodimlar hamda töp uzatuvçi yoş futbolçilarga qöpol muomalada böldi. 

Bu esa öz navbatida muxlislar va keng jamoatçilik e’tirozlarini keltirib çiqardi. Mazkur holat ÖFA Tartib-intizom qömitasi tomonidan sinçkovlik bilan örganib çiqiladi va mojaro sabablari aniqlanib, aybdorlarga tegişli çoralar köriladi. Şu örinda, futbolçilar har qanday ehtirosli holatda ham özini professional sportçidek tutişi zarur ekanligini eslatib ötmoqçimiz», - deyiladi ÖFA bayonotida.

Eslatib ötamiz, 2020 yil «Neftçi» - «Turon» (0:1) öyinidan keyingi stadiondagi janjal sababli Farğonadagi «Istiqlol» stadioni ma’muriyatiga çora körilgan, «Neftçi» klubi 3ta öyinni tomoşabinsiz ötkazişi va 100 mln söm jarimaga tortilişi e’lon qilingandi.

Ma’lumot uçun, «Neftçi» Superligada 3-örinda bormoqda, «Söğdiyona» esa 8-poğonadan joy olgan.