Jizzax klubi matbuot xizmati xabariga köra, farğonalik bolboylar serbiyalik darvozabonning darvoza içiga qöygan dam solingan «pravoslav ilohiy suvi»ni unga bildirmay olib qöygan. Buni klub taqdim etgan videoda ham köriş mumkin.
«Neftçi» - «Söğdiyona» (0:0) uçraşuvi davomida Milan Mitroviçning asabiylaştirgan holatlar:
1. «Neftçi» stadionida Mitroviç qöriqlayotgan darvoza ortida bolboylardan biri darvozabonimizning suvini olib ketgan vaziyat;
2. Bolboy nima sababdan bu işni qildi?
3. Bolakayning atayin aynan şu suvga tegingani Mitroviçning asabini jumbuşga keltirgan;
4. Uşbu idişdagi suv Milanning pravoslav ilohiy suvligi aytilmoqda.
5. Milan bilan suhbat qurgan şaxs kim, nima sababdan darvoza ortida turibdi?, - deyiladi «Söğdiyona» klubi xabarida.
Tribuna.uz ma’lumotlariga köra, serbiyalik 35 yoşli darvozabon odatda öyin oldi va öyin davomida uşbu dam solingan muqaddas suvidan foydalanib kelgan.
Ma’lumot uçun, şu kuni suv olib qöyilganiga qaramay, «Neftçi» «Söğdiyona» darvozasini işğol eta olmadi. Mitroviç darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Avvalroq, ÖFA tartib-intizom qömitasi Milan Mitroviçning nojöya harakatlari örganilişi va unga çora körilişini ma’lum qilgandi.












